Shlyapa tilga kiradi
Garri Potter haqidagi 7 ta kitobning adaptatsiyasi

HBO telekanalining Garri Potter haqidagi yetti kitobning barchasini qamrab oladigan yangi serialida Taqsimlovchi shlyapaga alohida e’tibor beriladi. Ijodkorlar fakultetlarga taqsimlash sahnasi yanada batafsil ko‘rsatilishini va’da qilmoqda. Tomoshabinlarga Taqsimlovchi shlyapa o‘quvchining xarakteri, istaklari va ichki fazilatlarini inobatga olgan holda qanday qaror qabul qilishi namoyish etiladi. Shlyapa o‘quvchilarning nafaqat qobiliyatlarini, balki shaxsiy sifatlarini ham baholay oladigan aqlli artefakt sifatida namoyish etiladi. Bu jihat asl filmlarda e’tibordan chetda qolgan edi.