Telfar‘dan ko‘cha klassikasi yangi talqinda
Plastik xaltalar uslubdagi sumkalar

Moda olamidagi Telfar brendi yangi suv o‘tkazmaydigan sumkalar to‘plamini namoyish etdi. Bu to‘plam yaralishida Nyu-York ko‘chalarida bir vaqtlar har qadamda uchratish mumkin bo‘lgan plastik paketlar ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi. Bir martalik plastikni ishlatishni taqiqlovchi, 2020 yildan buyon amalda bo‘lgan qonunga javoban dizaynerlar brendga xos printlardagi sumkalarning 11 xil modelini o‘rta va katta o‘lchamlarda taqdim etdi. 195 dollar deya baholanayotgan sumkalar ko‘plab cho‘ntaklar bilan ta’minlangan. Bu ko‘rinish ko‘cha estetikasi saqlab qolgan holda sumkalarni qulay hamda har qanday ob-havo sharoitiga chidamli qiladi. To‘plamni hozirning o‘zida Telfar rasmiy saytidan topishingiz mumkin.