Butunjahon fotosurat kuni: dunyoga inʼom etilgan sanʼat
Parij bag‘rida tug‘ilgan bayram

Shu hafta davomida qo‘lingizga kamera olib, dunyoni qanday ko‘rsangiz, shundayligicha fotosuratlarda aks ettirish va buni boshqalar bilan bo‘lishishingiz uchun ajoyib sabab bor! Zero butun dunyoda Fotosurat kuni nishonlanmoqda!

Photo: Pixabay
1839 yilning 19-avgust sanasi Fransiya hukumati Lui Jak Mande Dager ixtirosini rasman taqdim etgan kun sifatida tarixga kirdi. Bu butun insoniyat uchun beqiyos tuhfa edi. O‘sha kuni Parij akademiyasida olimlar, rassomlar, me’morlar va qiziquvchan tomoshabinlar texnikaning yangi mo‘jizasidan boxabar bo‘lish uchun yig‘ilishgan edi. Davlat muallifga bir umrlik renta tayin qilgan holatda kashfiyotni sotib oldi hamda barchaga mazkur ixtirodan foydalanish uchun imkoniyat yaratdi. Bu tarixiy ahamiyatga ega qadam bo‘ldi: aynan shu tadbir bois fotosuratchilik san’ati butun dunyoga tarqaldi.

Photo: Pexels
Biroq fotosuratning o‘zi zumda paydo bo‘lmadi — u asta-sekin shakllandi. XIX asr boshlarida o‘nlab olimlar va tashabbuskorlar kamera-obskura va yorug‘likka sezgir moddalar bilan tajribalar o‘tkazishdi. Bernlik professor Andreas Fridrix Gerber, angliyalik olim, tasvirning bir nechta nusxasini olish imkonini beradigan “talbotipiya” ixtirochisi Genri Foks Talbot kabilar bu jarayonga beqiyos hissa qo‘shishdi. Ammo eng katta turtkini Nisefor Nyeps va Lui Dagerning tandemi berdi: ular insoniyatga dunyodagi birinchi tijoriy muvaffaqiyatli fotojarayon — dagerotipiyani taqdim etishdi.

Photo: Pexels
Butunjahon fotosurat kuni-2025
Bugun, oradan 186 yil o‘tib, fotosurat kuni zamonaviy tarzda nishonlanadi: fotosuratlar #WorldPhotographyDay tegi ostida ijtimoiy tarmoqlarga yoki worldphotographyday.com saytiga joylanadi.
Bu yil Butunjahon fotosurat kuni mavzusi aniq va lo‘nda nomlandi: "My Favourite Photo" (“Mening sevimli fotosuratim”) . Shuningdek, o‘tgan yildan boshlab bayramga yangi format ham qo‘shildi. Endiliklar Fotosurat haftaligi 2025 bois havaskorlar va o‘z ishining ustalari kadr san’ati bayramini bir kun emas, balki bir hafta davomida nishonlashlari mumkin.

Photo: Pexels
Hozirda Instagram, Pinterest va TikTok orqali fotosurat almashish har qachongidan ham osonlashdi. Bugundan boshlab yetti kun mobaynida butun dunyo bo‘ylab modaga aloqador xeshteglar tarqaladi. Virusli foto tanlovlar va havaskor-u professionallar mehnat mahsuli bo‘lgan ilhombaxsh galereyalar mazkur bayramga unutilmas kayfiyat bag‘ishlaydi.

Photo: Pexels
Professional fotosuratchimisiz yoki shunchaki telefonga suratga olishni yoqtirasizmi, bundan qat’i nazar, mazkur sana siz uchun birgina tasvirning kuchi haqida eslatma bo‘lib xizmat qiladi.