Dior maktab mavsumi uchun
Fransuz uslubidagi nazokat bolalar modasida

Mashhur fransuz moda uyi “Diorling” deb atalgan yangi bolalar to‘plamini taqdim etdi. Ushbu kampaniya yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan. Fotosuratchi Julett Abitbol va videograf Java Jacobs bolalarni kundalik hayotning oddiy lahzalarida — nonushta vaqtida, kitob o‘qiyotganda va o‘yin chog‘ida tasvirga tushirishdi. To‘plamdan qizlar uchun trikotaj ko‘ylaklar, jiletlar va kalta paltolar, o‘g‘il bolalar uchun esa Diorling yozuvli puloverlar va sviterlar o‘rin olgan. Ranglar palitrasi brendga xos uslubda: havorang, sarg‘ish oq, kulrang, to‘q qizil va ko‘k.