Tarixga boy minimalizm: Sokin hashamat uslubidagi kelin qiyofasi

Detallardagi sodda nafislik

22 Avg 2025
foto: spotlight \ Alexandra Grecco

So‘nggi yillarda to‘y sanoati ortiqcha detallarsiz sof chiziqlar, sodda shakllar va har birida maʼno yashiringan detallar sari harakatlanmoqda. Yaltirab turuvchi bal liboslaridagi odatiy kelin qiyofasi o‘rnini endi ortiqcha bezaklardan voz kecha olish sanʼati egallamoqda. “Haqiqiy bezak - bu ayol egnidagi libos emas. Balki libos ichidagi ayoldir”, — degan shior bilan to‘y dizaynerlari yangi mavsumga qadam qo‘ydilar. Bu mavsumdagi asosiy g‘oyalar haqida ushbu maqolada so‘z yuritamiz.

Minimalizm uslubidagi libos nimalar asosiga quriladi? Birinchidan, bu tana ustidagi meʼmorchilik namunasini eslatuvchi bichim. Ikkinchidan esa, yaltiramaydigan shoyi, nozik satin, to‘kilib turuvchi krep va zich atlas kabi matolarning sifati. Bitta chok, maromiga yetkazilgan birgina burma, bitta aksent va bo‘ldi. Mana shunday libosni kiyish uchun ayol o‘ziga ishonishi kerak: u qomatni qavat-qavat fatin ortiga yashirmaydi, balki unga urg‘u beradi. Bu libosda “berkinib” olishning imkoni yo‘q. Unda faqat o‘zlikni maksimal darajada namoyon qilish mumkin.

foto: spotlight \ Enaura

Ushbu tendensiya qiyofaga shaxsiy hikoyaning muhim qismiga aylanuvchi noyob elementlar olib kirish imkonini beradi. Bu biror oilaviy yodgorlik,  masalan, buvingizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan to‘g‘nog‘ichi yoki onangizning nikoh liboslaridan qolgan mato bo‘lishi mumkin. Shuningdek, libosga milliy detalni zamonaviy talqinda qo‘shish ham ajoyib ko‘rinadi. Yirmoch ichki tomonida adrasdan jiyak, klatch astarida so‘zanadan andoza olingan chok, qo‘lda to‘qilgan ipak belbog‘ kabilar shular jumlasidandir. Hunar va oilaviy qadriyatlar alohida ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekistonda bunday yondashuv ramziy ma’no kasb etadi. Zero tarixning bir parchasi muhabbat bayramining go‘zal bezagiga aylanishi mumkin.

foto: spotlight \ House Gilles

Sipo va elegant libos tanlashda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar: libosning serhasham bo‘lmasligi, benuqson bichimga ega bo‘lishi va qolipdek turishi. Favoritlar sirasiga qaysilar kiradi? 

Minimalistik baliq bichimi — etagi tizzadan yengilgina kengayib ketgan bu model aniq shakllarni yoqtiruvchi ayollar uchun ayni muddao.

fotо: spotlight \ Swiatly

fotо: spotlight \ Jimmy Choo

fotо: spotlight \ Milla Nova

Slip-dress — shoyidan qiya qilib bichilgan, qomatda “ikkinchi teri” kabi teruvchi libos: harakatlarni cheklamaydi, ayollar jozibasiga urg‘u beradi va standart liboslardan farq qiladi.

fotо: spotlight \ Alexandra Grecco

foto: spotlight \ Jenny Yoo

Комбинезоны и раздельные комплекты — актуальная альтернатива платью, которая позволит провести мероприятие в комфорте, и с максимальным удобством.

foto: spotlight \ Pedro Palmas

fotо: spotlight \ Cymbeline

Ushbu uslubning ijobiy xususiyatlari ichida eng muhimi - liboslar tabiiy, ko‘pga chidamli matolardan ortiqcha bezaklarsiz ishlangani tufayli haddan ziyod isteʼmolchilikka sabab bo‘lmasligidir. Soddalik bazaviy liboslarni boshqa kiyimlar bilan turli qiyofalarga moslab uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shu boisdan hatto to‘y libosi ham umumiy garderobning bir qismiga aylanishi va to‘ydan keyin ham ko‘plab tadbirlarga yarab kelinposhshani ko‘p marotaba xursand qilishi mumkin.

foto: spotlight \ Monique Lhuillier

Shunisi ahamiyatliki, minimalizm faqat liboslarda emas, balki old-money uslubiga urg‘u beruvchi aksessuarlarda ham namoyon bo‘lishi lozim. Ingichka poshnali billur ayollar tuflisi o‘rnini shampan, fil suyagi va nyud rangidagi yopiq lodochka va nozik myulilar egallamoqda. Toshlar bilan qoplangan og‘ir tillaqoshlar klassik marvaridlar shodasi va oddiy tilla pusetlarga alishtirilyapti. Pardoz ham tabiiy go‘zallikka urg‘u berishi lozim bo‘ladi: teriga yengil porlash beradigan satin qoplama, shaftoli rang yog‘upa, lablardagi yengil jilo va pastdan tutam qilib bog‘langan soch.

foto: spotlight \ Alexandra Grecco

Bunday uslub universal bo‘lib, ochiq havo ostidagi samimiy marosimdan tortib banket zalidagi tantanali oqshomgacha har qanday to‘y muhitiga oson moslashadi. U — estetikani qadrlaydigan va bezaklar orasida yo‘qolib ketishni istamaydiganlar tanlovidir.

Maqolani baham ko'ring

Related articles