Ramz Jewel yangi to‘plamni namoyish etadi

Mehmonlarni videohikoya kutmoqda

27 Avg 2025
INSTAGRAM / RAMZ_JEWEL

29 avgust kuni soat 19:00 da Ramz Jewel brendi ustaxonasida  Sharq me’morchiligi ta’sirida yaratilgan yangi to‘plam taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Brend asoschisi, zargar Ramziddin Azizov milliy naqshlarni zamonaviy shakllar bilan uyg‘unlashtirgan holda  an’anaviy o‘zbek zargarlik san’ati g‘oyalarini rivojlantirishda davom etadi. 

To‘plamga Buxoro amiri va Qo‘qon xoni saroylarining o‘ymakor deraza va tokchalari ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan. Zeb-ziynatlarda kumush, lojuvard va sadafdan, shuningdek qoraga bo‘yash texnikasidan foydalanilgan. Detallarga sinchkovlik bilan yondashilgan: har bir naqsh yog‘och va toshdan metallga ko‘chirilgan hikoyani so‘zlaydi. Mehmonlarni to‘plam haqidagi videohikoya va yangi taqinchoqlar estetikasida bezatilgan makon kutmoqda. Azizovning ta’kidlashicha, o‘tmish va hozirgi kunni o‘zida birlashtirgan uzukning to‘plamdagi o‘rni bo‘lakcha. Bu uzuk orqali zargar milliy san’at hamon barhayot ekanini va ilhomlantirishda davom etayotganini ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles