Hilary Duff qaytmoqda

Yangi albom va hujjatli serial ustida ish boshlandi

12 Sen 2025
Foto: Instagram / hilaryduff

Hilary Duff  o‘n yillik tanaffusdan keyin musiqaga qaytishini rasman tasdiqladi. Aktrisa va qo‘shiqchi Atlantic Records bilan shartnoma imzolab, yangi albom ustida ishlamoqda.

Loyiha doirasida uning sohaga qaytishi, mashg‘ulotlari, oilaviy hayoti va so‘nggi o‘n yil ichidagi ilk jonli chiqishga tayyorgarlik jarayonini aks ettiruvchi hujjatli serial ham suratga olinmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles