Michael Kors – Bahor 2026
Orom beruvchi nafosat

Michael Kors Nyu-Yorkdagi Moda haftaligini Bahor 2026 to‘plami bilan ochib berdi. Namoyish Manxettendagi Terminal Warehouse‘da o‘tdi. Sayohatlardan ilhomlanib yaratilgan to‘plam tabiiy yengillik va zamonaviy nafislik o‘rtasidagi muvozanatni aks ettiradi. Unga drapirovkali liboslar, qat-qat burmali yubkalar, keng shimlar, shaffof yopinchiqli, piston bilan bezatilgan ko‘ylaklar, pareolar, chakmonlar, bo‘rtma shaklli maykalar va shalvarlar o‘rin olgan. Mazkur to‘plamni yaratishda urg‘u qulaylik, harakatlarni cheklamaslik va universallikka qaratilgan. Shuningdek, liboslarga qo‘l mehnati yordamida ishlov berilgan va yirik bezaklardan ham foydalanilgan.