ELLE 80 yilligi: san’atdagi ayollarga ehtirom
Global baddiy hodisa

ELLE o‘zining 80 yilligi munosabati bilan alohida sayyor ko‘rgazmani namoyish etmoqda.
Osakadan Bangkok va Nyu-York orqali Parijgacha yo‘l bosib o‘tuvchi ushbu ko‘rgazmaning har bir to‘xtash joyi ayollik jozibasi, erkinlik va ijodkorlikning yangi qirrasini ochib beradi.
Avgust oyidan noyabrga qadar davom etuvchi bu badiiy sayohat ELLE merosini hamda butun dunyo ayollarining ovozlarini taqdim etish uchun qit’alarni kesib o‘tadi. 31 nafar ayol, 31 ta ovoz - bu noyob san’atkorlar tomonidan yaratilgan o‘ziga xos bayramdir.
Sayohat rejasini tuza olmayapsizmi? Xafa bo‘lishga hojat yo‘q: ELLE yubiley ko‘rgazmasidan dunyoning istalgan nuqtasida bahramand bo‘la olasiz - buning uchun quyidagi havolaga kirsangiz bas: https://elle80exhibition.com/.
Qulayligingiz uchun virtual ko‘rgazma til navigatori bilan jihozlangan: siz ingliz (asosiy), fransuz, tay, an’anaviy xitoy yoki soddalashtirilgan xitoy tillaridan birini tanlashingiz mumkin. Til avtomatik ravishda o‘rnatilmaydi - sayohatingiz yo‘nalishini o‘zingiz belgilaysiz.
Foto: elleinternational