“Hamnafas” festivali

Har bir kishi o‘z o‘rniga ega bo‘lgan jamiyat

17 Sen 2025
Foto: Instagram / acdflibrary

Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida 17-sentyabrdan 21-sentyabrga qadar hamjihatlik va ochiqlik ruhini aks ettiruvchi “Hamnafas” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Bu besh kun teng imkoniyatlarga va tajribasi turlicha bo‘lgan insonlarga e’tibor qaratishga bag‘ishlanadi. Barcha yoshdagi ishtirokchilarga mo‘ljallangan dastur ehtiyojlari har xil bo‘lgan odamlarning hayot yo‘llarida do‘stlashishlari, kasblarini topishlari, oila qurishlari, qiyinchiliklarni yengib o‘tishlari va o‘zgalardan madad olishlari haqida ma’ruzalar, mahorat darslari, xakatonlar, konsertlar, shuningdek, kino namoyishlarini o‘z ichiga oladi. Mehmonlar orasida Kanada, Buyuk Britaniya, Rossiya va O‘zbekistondan ekspertlar bor. Tadbirlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.

"Ochilgan kunimizdan boshlab, jismoniy, madaniy va insoniy jihatdan to‘siqsiz makonga aylanish tamoyili biz uchun muhim ahamiyat kasb etgan," deya ta’kidlaydi Respublika bolalar kutubxonasi direktori Asror Xo‘jayev.

Kutubxona saytida dastur bilan tanishishingiz va ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles