Brooklyn Beckham va Nicola Peltz turmush qurganlariga 3 yil to‘lgach, nikoh qasamyodlarini yangiladilar
Har bir sevgi qissasining “uch yildan keyingi” voqeasi bor
Brooklyn Beckham va Nicola Peltz muhabbat hikoyalarida yangi sahifani ochdilar: nikohlaridan uch yil o‘tgach, qasamyodlarini yangiladilar. Marosim Nyu-York shtatidagi Vestchesterda joylashgan Peltzlar oilasiga qarashli hashamatli uyda faqat yaqinlar va do‘stlar davrasida samimiy muhitda o‘tdi.

fotо: instagram \ @nicolaannepeltzbeckham
Nicola bu marosim uchun onasi — model Claudia Peltz 1985-yilda o‘z nikohida kiygan to‘y libosini tanladi. Libos keng yenglar va gulli naqshlar kabi asl dizayn unsurlarini saqlab qolgan holda zamonaviy tendensiyalarga moslab yangilandi. Brooklyn esa oq ko‘ylak va qora kostyum kiyib, turmush o‘rtog‘i bilan uyg‘un qiyofa yaratdi.

fotо: instagram \ @nicolaannepeltzbeckham

fotо: instagram \ @nicolaannepeltzbeckham
Marosimda faqat Nicolaning yaqin qarindoshlari ishtirok etdilar. Ular orasida aktrisaning otasi, milliarder Nelson Peltz ham bor edi va nikoh marosimini uning o‘zi o‘tkazdi. Biroq Brooklynning oila aʼzolari tantanada qatnashishmadi.

fotо: instagram \ @nicolaannepeltzbeckham

fotо: instagram \ @nicolaannepeltzbeckham
Brooklyn va Nicola uchun bu kun nafaqat qasamyodlarni yangilash kuni bo‘ldi, balki mustahkam aloqalari va muhabbatlarining ramziga aylandi. 2019-yilda uchrashishni boshlagan juftlik 2020-yilda unashtirildi va 2022-yilning aprel oyida oila qurib, Peltz oilasining Floridadagi Palm-Bichda joylashgan uyida shohona to‘y marosimini o‘tkazdi. Mish-mishlar va muhokamalarga qaramay, Brooklyn va Nicola bir-biriga bo‘lgan muhabbat va sadoqatini asrab-avaylab, munosabatlarini mustahkamlash va birgalikda yangi xotiralarni yaratishda davom etmoqdalar.