Levi‘s va Disney yangi to‘plamni taqdim etadi
"Toy Story"ning 30 yilligiga bag‘ishlanadi

"Toy Story" franshizasining 30 yilligi munosabati bilan Levi‘s kompaniyasi Disney hamda Pixar bilan hamkorlikda multfilm qahramonlaridan ilhomlanib yaratilgan maxsus to‘plamni taqdim etadi. Unga jinsi kurtkalar, ko‘ylaklar, futbolkalar, aksessuarlar va Vudi obraziga ishora qiluvchi g‘arbona uslubdagi boshqa modellar kiritilgan. To‘plam 2-oktyabrdan boshlab sotuvga chiqariladi. Asosiy modellar orasida brendga xos mixparchinlar bilan bezatilgan erkaklar kurtkasi, sigir printi va "Hey Howdy Hey" so‘zlari tushirilgan ko‘ylak hamda “Yodelayheehoo” yozuviga ega ayollar jinsi kurtkasi mavjud. To‘plamni Disney va Levi‘s rasmiy veb-saytlari hamda tanlangan do‘konlardan, shuningdek brend mobil ilovasi orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi.