Mia Goth — Dior brendining yangi elchisi

Ayollar yo‘nalishining yuzi

18 Sen 2025
Foto: Instagram / miaxgoth

Dior aktrisa Mia Gothni brendning ayollar yo‘nalishi yangi timsoli etib tanlaganini e’lon qildi. Bu tayinlov brendning yangi kreativ direktori Jonathan Anderson debyutiga bag‘ishlandi. Uning ilk to‘plami 1-oktyabr kuni namoyish etiladi. 

Dior Miani “o‘ziga tortadigan jozibaga ega, erkin, jasur va hech kimga o‘xshamaydigan shaxs” deya ta’rifladi. Andersonning aytishicha, aktrisa bilan hamkorlik uning uchun "orzusi ro‘yobiga" aylandi.

Mia Goth ilgari Prada va Miu Miu reklamalarida qatnashgan, shuningdek, moda namoyishlarida ham ishtirok etgan. Bu mavsumda esa u  Dior‘ning yangi elchisi sifatida Mickey Madison va Greta Lee safiga qo‘shildi. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles