Klassik musiqa festivali Toshkentda

2025-йилнинг eng muhim madaniy tadbirlaridan biri

22 Sen 2025
Фото: Instagram / filarmoniyauz

22-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar O‘zbekiston poytaxtida Classical Music Fest xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston, Yevropa va Osiyoning yetakchi sozandalari shahar sahnalariga chiqishadi. Festival pianinochi Behzod Abduraimovning Milliy simfonik orkestr bilan birgalikdagi konserti ila boshlanadi. 

Dasturdan Mikhail Pletnev, Sergey Krylov, Stanislav Yudenich, Alexander Chaushian, YeKwon Sunwoo, Marc Bouchkov va Maxim Vengerovning chiqishlari o‘rin olgan. Festivalga Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston Davlat simfonik orkestrining konserti yakun yasaydi. Tashkilotchilar bu tadbirni yilning eng muhim madaniy voqealaridan biri deya e’tirof etmoqda. 

Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan uyushtirilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles