Kayfiyatga qarab qidiruv kodlari
GPT Search ongli ravishda xarid qilishga yordam beradi

Depict AI platformasi onlayn-xarid uchun GPT Search vositasini ishga tushirdi. U xaridorlarga kayfiyatga qarab yoki vaziyatga mos ravishda mahsulotlarni topishga, brendlarga esa qaytarishlar sonini kamaytirishga ko‘maklashadi. Qidiruv suhbat shaklida ishlaydi. Masalan, festival uchun biror yulduz uslubidagi libosni topib berishni so‘rashingiz mumkin, ana shunda tizim sizga mos kiyimlar to‘plamini taqdim etadi. Qizig‘i, har bir yangi so‘rov sizga tasodifiy narsalarni taklif qilmaydi, balki oldingi so‘rovdagi talablaringizni ham hisobga oladi. Vosita brend uslubiga moslashadi, ayni damda mavjud bo‘lmagan yoki boshqa mintaqada sotilayotgan mahsulotlarni chiqarib tashlaydi va mavsumiy kampaniyalarni ham e’tiborga oladi. GPT Search allaqachon Sandqvist, CDLP, Nanushka va Luca Faloni kabi brendlar tomonidan qo‘llanilmoqda.