Zara 50 yilligini nishonlaydi

50 ta noyob asardan iborat to‘plam

30 Sen 2025
Foto: Instagram / zara

2–5-oktyabr kunlari Zara Parijda o‘zining 50 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani taqdim etadi. Loyiha doirasida 50 nafar mashhur ijodkor ishtirok etmoqda — ular orasida Naomi Campbell, Kate Moss, Pat McGrath, Steven Meisel, qo‘shiqchi Rosalía, Norman Foster, Luca Guadagnino, Linda Evangelista va boshqalar bor. Ularning har biri kiyim, aksessuar, art-obyekt yoki interyer jihozidan iborat bittadan noyob asar yaratdi. Ular orasida Labubu haykalchasi, pushti serf doskasi va pishiriq naqshlari bilan bezatilgan kurtka ham mavjud. Ko‘rgazmaning kuratori — Sarah Andelman.

Barcha asarlar sotuvga qo‘yiladi. Tushum Women‘s Earth Alliance jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, bundan tashqari Zara yig‘ilgan summani ikki barobar oshiradi, shuningdek mualliflar tanlagan yana 50 ta xayriya tashkilotiga 20 000 yevrodan pul o‘tkazadi.

Dastur doirasida ochiq ma’ruzalar, We Are Ona tomonidan tashkil etilgan gastronomik loyiha va Michel Gaubert tomonidan yaratilgan saund-dizayn ham taqdim etiladi. Ko‘rgazma soat 10:00 dan 19:00 gacha ochiq bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles