Ilhom ritmidagi Toshkent
“Muhabbat mavsumi”: san’at va saxovat uyg‘unligidagi ikki oktabr kechasi

Alisher Navoiy nomidagi Afsonaviy Katta teatr binosi yonida 1 va 2 oktabr kunlari romantika va musiqa bayramiga aylangan konsert bo‘lib o‘tdi. Kutilmaganda salqin kechada uch mingdan ziyod tomoshabinlar — nozik uslubdagi palto va yopinchiqlarga burkanib — yangi his-tuyg‘ular va bayramona kayfiyat tuhfa etish uchun to‘plandilar.
Bu kechalarda musiqa nafaqat sahnadan, balki har bir mehmonning qalbidan ham jarangladi — san’at saxovat bilan birlashdi. Chipta savdosidan tushgan barcha mablag‘ Ona jamg‘armasiga yo‘naltirildi. Fond bir necha yildirki, ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlab, ularga yangi imkoniyatlar va kuch bag‘ishlab kelmoqda. Shu bois har bir mehmon nafaqat tomoshabin, balki ezgu ishga hissa qo‘shgan saxovatpesha bo‘ldi.
“Ona jamg‘armasi va Eman kompaniyasi Toshkentdagi yirik madaniy tadbirlar orqali yuzlab ayollarga yordam berdi. Biz uchun bunday konsertlar — shahar uchun bayram, insonlar uchun esa ezgu ishlar orqali yuraklar birlashadigan lahza”, — dedi Eman Group tarkibiga kiruvchi Dafna kompaniyasi rahbari Aziz Nuritdinov. — “Yubiley yilida biz shaharga muhabbat haqidagi o‘ttiz yillik hikoyamizni so‘zlab bermoqchi bo‘ldik. Bu — uylar, mebellar, odamlar va, albatta, o‘zimiz haqimizdagi samimiy oilaviy hikoya. Yangi "Muhabbat mavsumi" loyihasi tariximizdagi eng katta tadbir bo‘ldi: Katta teatr bilan hamkorlikda biz klassik san’atni qo‘llab-quvvatlaymiz va asraymiz.”
Sahnada zamonaviy o‘zbek madaniyatining ramziga aylangan ovoz sohiblari to‘plandilar. Maestro Komoliddin Urinboev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri kechaga musiqa va ruh bag‘ishladi. Sevara Nazarxon, Jenisbek Piyazov, Sayyora Musaeva, Rishat Toxtiboev, Anvar Juraev, Sabina Mustaeva va boshqa san’atkorlar jahon va milliy musiqa durdonalarini ijro etdilar.
“Kompaniyamizning 30 yillik bayrami doirasida biz Yevropa, MDH, Turkiya va Xitoydan 150 dan ortiq hamkorni taklif etdik va sohamiz uchun yirik biznes kun tartibini tashkil etdik. Gala-konsert arafasida teatrda Development, Design and Interior Silk Road Summit bo‘lib o‘tdi — bu tadbir mebel, qurilish va interyer sanoati yetakchilarini birlashtirdi. Barcha xalqaro mehmonlar gala-konsertni tomosha qildilar va bu orqali biz dunyoga shuni ko‘rsatdikki, O‘zbekiston — faqat taraqqiyot va yangi loyihalar yurti emas, balki boy madaniyat, an’analar va iste’dodli insonlar mamlakati,” — deya ta’kidladi Eman Group asoschisi Rustam Nuritdinov.
Ikki kecha davomida konsert madaniy almashinuv va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot ramziga aylandi. Eng muhimi — bu san’atning inson qalbini ilhomlantira olishini va yuraklarni birlashtira olishini isbotladi.
Suratlar: Arlan Bayhodjayev