Pastki bel o‘rni: trendning qaytishi
Yozda taraddud ko‘rishga ulgurganlar uchun
Pastki bel o‘rni tendensiyasini chetlab o‘tish mumkin, ammo agar uning qaytishi siz uchun ayni muddao boʻlsa, nega uni oʻz garderobingizga qoʻshmasligingiz kerak? Uzoq vaqtlardan keyin podiumlarda paydo bo‘lgan pastki bel o‘rni trendi nafaqat barchani hayratga soldi, balki o‘tmish xotiralarini jonlantirib yubordi. Lekin podiumga qaytgan bu trendni to‘g‘ri qoʻllash juda muhim sanaladi.
Jinslar, shimlar va yubkalarni tor ustki kiyimlar (toplar) bilan kiyish mumkin, bu bilan goʻyoki trendning boshlangʻich davriga teleportatsiya qilinadi. Obrazni keng bluzkalar, ko‘ylaklar, korsetlar, toplar yoki nimchalar ham to‘ldiradi. Eng jasoratlilar toqalarga aksent berilgan keng kamarlarga e’tiborlarini qaratishlari mumkin.
Agar sizga bunday yechim umuman yoqmasa, dizaynerlar muqobil variantni - bel qismi pastlatilgan koʻylaklarni taklif qilishadi. Bel qismi odatdagidan pastroq tushirilgan yubka oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Biz xohlaymizmi yoki yo‘qmi, ammo moda siklik boʻlib, shuning uchun tendensiyalar bizga yana va yana qaytaveradi. ELLE trendli stilistik usul obrazlarning bir nechta namunalarini to‘pladi.