Sportda bashang kiyinamiz
2024-yilgi kolleksiyalar podiumlarida ommalashgan trendlarni kuzatamiz
Sport-shik - bu nafaqat sport haqida, balki glamur, jilolanish va ba’zan poshnalarning taqillashi haqida hamdir. Ushbu stil haqida eshitganimizda, ko‘z o‘ngimizda darhol Adidas duxoba kostyumidagi Missis Elliot, barchaga sevimli girls band jamoasidan Sporty Spice va, albatta, ko‘pchilik taqlid qilishga intiladigan Jey Lo va Beyonse kliplari assotsiativ ravishda gavdalanadi. Moda siklik bo‘lib, moda shinavandalari qalbidan mustahkam joy olgan trendlar yillar o‘tib bizga yana qaytmoqda.
80-yillar Olimpikasi
Yengil yupqa kurtkalar sochlardagi katta hajmli turmak, yaltiroq legginslar va yorqin pardoz bilan uyg‘unlashgan. Olimpikalarni sport kiyimlari sifatida kamdan kam kiyishgan: ular bilan diskotekalarda ham, universitet auditoriyalarida ham "porlashgan".
Hozir biz olimpikalarni yetakchi brendlarning podiumlarida uchratamiz. Yorqin, kaltaroq, hajmli - agar ilgari olimpikalar faqatgina bir turda bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ular bizga turli xil siluetlarda va ranglarda taqdim etilgan.
Belda turish o‘rnini pasaytiramiz
Hammamiz yaxshi eslaymiz, 2010-yillarda belbog‘ o‘rni pasaytirilgan shim kiyish ommalashgan edi. Baxtga qarshi yoki baxtimizga, bu trend ham bizga qaytdi. Yozda bu imkoniyatdan qanday foydalanish va trendning ommaviyligini namoyish qilinmasa , qachon yana qilish mumkin?
Faqatgina fitnesda emas
Losinalarni bazmda ham, odatiy kunda ham kiyib yuramiz! Garderobingizdagi ushbu mashhur atributining mashhurligini faqat sport zali yoki yoga mashg‘ulotlarida kiyish bilan cheklamang. Losinalarni mini yubka yoki hajmli pidjaklar bilan uyg‘unlashtiramiz. Uzun yoki qisqartirilgan, qalin yoki kapron - ular har qanday ko‘rinishda mashhur.
Uyg‘unlashmaydiganlarni uyg‘unlashtirish
Sport-shik - stillar simbiozi haqida. Bu mavsumda dizaynerlar yanada dadil qadam tashlashni va uchar maksili sport kurtkalarini kiyishni taklif qilishmoqda.