Sportda bashang kiyinamiz

2024-yilgi kolleksiyalar podiumlarida ommalashgan trendlarni kuzatamiz

14 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Sport-shik – bu nafaqat sport haqida, balki glamur, jilolanish va ba’zan poshnalarning taqillashi haqida hamdir. Ushbu stil haqida eshitganimizda, ko‘z o‘ngimizda darhol Adidas duxoba kostyumidagi Missis Elliot, barchaga sevimli girls band jamoasidan Sporty Spice va, albatta, ko‘pchilik taqlid qilishga intiladigan Jey Lo va Beyonse kliplari assotsiativ ravishda gavdalanadi. Moda siklik bo‘lib, moda shinavandalari qalbidan mustahkam joy olgan trendlar yillar o‘tib bizga yana qaytmoqda.

Foto: SPOTLIGHT / Givenchy

80-yillar Olimpikasi

Yengil yupqa kurtkalar sochlardagi katta hajmli turmak, yaltiroq legginslar va yorqin pardoz bilan uyg‘unlashgan. Olimpikalarni sport kiyimlari sifatida kamdan kam kiyishgan: ular bilan diskotekalarda ham, universitet auditoriyalarida ham «porlashgan».

Hozir biz olimpikalarni yetakchi brendlarning podiumlarida uchratamiz. Yorqin, kaltaroq, hajmli – agar ilgari olimpikalar faqatgina bir turda bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ular bizga turli xil siluetlarda va ranglarda taqdim etilgan.

Foto: SPOTLIGHT / Ganni

Foto: SPOTLIGHT / Philipp Plein

Foto: SPOTLIGHT / Tom Ford

Belda turish o‘rnini pasaytiramiz

Hammamiz yaxshi eslaymiz, 2010-yillarda belbog‘ o‘rni pasaytirilgan shim kiyish ommalashgan edi. Baxtga qarshi yoki baxtimizga, bu trend ham bizga qaytdi. Yozda bu imkoniyatdan qanday foydalanish va trendning ommaviyligini namoyish qilinmasa , qachon yana qilish mumkin?

Foto: SPOTLIGHT / Courreges

Foto: SPOTLIGHT / Zimmermann

Faqatgina fitnesda emas

Losinalarni bazmda ham, odatiy kunda ham kiyib yuramiz! Garderobingizdagi ushbu mashhur atributining mashhurligini faqat sport zali yoki yoga mashg‘ulotlarida kiyish bilan cheklamang. Losinalarni mini yubka yoki hajmli pidjaklar bilan uyg‘unlashtiramiz. Uzun yoki qisqartirilgan, qalin yoki kapron – ular har qanday ko‘rinishda mashhur.

Foto: SPOTLIGHT / Tory Burch

Foto: SPOTLIGHT / Heron Preston

Foto: SPOTLIGHT / Fashion East

Uyg‘unlashmaydiganlarni uyg‘unlashtirish

Sport-shik – stillar simbiozi haqida. Bu mavsumda dizaynerlar yanada dadil qadam tashlashni va uchar maksili sport kurtkalarini kiyishni taklif qilishmoqda.

Foto: SPOTLIGHT / Ralph Lauren

Foto: SPOTLIGHT / Zimmermann

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin