Valentino kutyur yo‘nalishidagi yangi iforlarni taqdim etdi
Anatomy of Dreams to‘plami 7 ta parfyumdan iborat
Valentino 7 xil ifordan tashkil topgan “Anatomy of Dreams” nomli atirlarining yangi kutyur to‘plamini taqdim etdi. Iforlarning “jarangi” klassik parfyum notalarini, shuningdek, Italiyadagi kundalik hayotni eslatuvchi akkordlarni o‘z ichiga olgan.
Yangi iforlar brend DNKsini aks ettiruvchi zamonaviylik va an’anaviylikni o‘zida mujassam etgan. To‘plam ustida turli moda uylarining mashhur parfyumerlari ishlashdi.
Anatomy of Dreams to‘plami tez kunlarda Valentino rasmiy saytida va brendning maxsus do‘konlarida sotuvga chiqariladi.