Qizlar va onalar

Faoliyatini moda olami bilan bog‘lagan yetti nafar yulduz onalarning qizlari

17 Iyul 2024
Foto: Spotlight

Tug‘ilganingdanoq butun dunyo seni tanisa, ota-onangning yo‘lidan boshqa yo‘lni tanlash biroz mushkul. Onamiz har doim biz uchun birinchi o‘rnak va asosiy model, va tabiiy-ki, mashhurlik ham bundan mustasno emas. Biz aktyorlik yoki musiqa sohasida o‘zini ko‘rsatgan mashhurlarning qizlarini bilamiz. Keling, podiumdagi qizlarga ham e’tiborimizni qarataylik.

Kaia Gerber, Cindy Crawfordning qizi

Hammamiz 90-yillarning top-modelini yaxshi eslaymiz, u nafaqat jurnallar muqovalarida, moda ko‘rgazmalarida, balki videomagnitofonda ham fitnes yulduzi bo‘lgan. Cindy Crawfordning ikki farzandi bor – qizi Kaia va o‘g‘li Presli. Ikkala bola ham kichik yoshidan boshlab modellik bilan shug‘ullanishadi va bu sohada muvaffaqiyat qozonib kelishmoqda. Ko‘pgina tabloidlarda Kaiani "yosh Cindy" deb atashlari bejizga emas. 10 yoshidayoq u Versace bolalar to‘plami uchun suratga tushgan va hozirda yirik moda brendlarining yuzi hisoblanadi, ko‘rgazmalarni ochib beradi va kinoda suratga tushadi. Modellik va Gollivuddan tashqari, Kaia psixologiyaga qiziqadi. Akasi bilan birga volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Foto: Spotlight / Kaia Gerber

Lily Rose Depp, Vanessa Paradisning qizi

O‘tgan yillardagi mashhur juftlik Vanessa Paradis va Johnny Deppning qizi o‘z karyerasidagi jadal o‘sish bilan muxlislarni quvontirmoqda. Lily o‘zining yulduzlik yo‘lini moda dunyosidan boshlagan. 2015-yilda Chanel bilan qilgan hamkorligi unga keng shuhrat keltirdi. Keyinchalik uni podiumlarda va reklama kampaniyalarida tez-tez ko‘rishardi. Hozirda Lily Rose o‘zining kino karyerasiga diqqatini qaratmoqda. Depp allaqachon ko‘plab film va seriallarda suratga tushishga ulgurgan va ular orasida eng mashmashalisi Weeknd ishtirokidagi “Kumir” filmi sanaladi.

Foto: Spotlight / Lily-Rose Depp

Madonnaning qizi Lourdes Leon

Pop-musiqa tirik afsonasining qizini dunyo tug‘ilgandan beri kuzatib boradi. Yorqin ko‘zli qiz nafaqat onasining izidan borishga, balki modellik biznesi va aktyorlik sohasida ham o‘rin egallashga qaror qildi. Bolaligidayoq Lourdes Warner Brothers kabi yirik kompaniyalarning hamkorlik takliflari bo‘yicha onasining qattiq nazorati ostida edi. Biroq, maktabni tugatgandan so‘ng, isyonchi "ozodlikka chiqdi" va o‘zi yashash uchun pul topishga qaror qildi. Modellikda Madonnaning to‘ng‘ich farzandi standart model ko‘rinishi va parametrlariga mos kelishga intilmaydi va o‘zini bodipozitiv vakili sifatida namoyon qiladi.

Foto: Spotlight / Lourdes Leon

Deva Cassel, Monica Beluccining qizi

Dunyoning eng chiroyli va maftunkor ayollaridan birining katta qizi boʻlish, hamisha ommaviy axborot vositalarining nazaridan ketmay, onaga yarasha farzand boʻlish oson emas. Ammo Deva Cassel bundan mustasno. Butun ommaning mehri va muhabbatiga, ota-onasining ismlarisiz sazovor boʻlib, Monica va Vensanning toʻngʻichi hozirda kattadan-katta modalar uyi bilan hamkorlik qilib, podiumlar va jurnallar muqovalarida yarqirayapti.

Foto: Spotlight / Deva Cassel

Lila Grace Moss, Kate Mossning qizi

Supermodel Kate Moss oʻzining davomchisini dunyoga keltirdi. Lila Grace onasining ketidan ketib, modelllik faoliyatini 16 yoshida boshlagan. Hozirda uni modalar namoyishida hamda jurnallar muqovalarida tez-tez uchratish mumkin. Onasining shon-shuhrat borasidagi yagona merosxoʻri boʻlib, Lila shiddat bilan karyera zinapoyasi boʻylab koʻtarilib bormoqda.

Foto: Spotlight / Lila Grace Moss

Georgia May Jagger, Jerry Hallning qizi

Afsonaviy rok-guruhinig “Rolling Stones” a'zosi Mick Jagger va top-model Jerry Hallning qizi onasining yoʻnalishini tanlab, yoshligidan modellik faoliyatini qurib keladi. Ushbu sohaga poydevor qoʻyish ilk fotosessiya jarayonlaridan boshlandi, keyinchalik Georgia katta nashrlar (Vogue, Harper’s Bazaar, W Magazine) muqovalarida paydo boʻlishni boshladi. Va koʻpgina muqovalardan soʻng model podiumlarda paydo boʻldi. Ammo Georgianing aytishicha, uning bu yoʻlda toʻxtab qolish niyati yoʻq, oʻzini obyektivning narigi tomonida, ya'ni fotosuratchi sifatida ham sinab koʻrmoqchi.

Foto: Spotlight / Georgia May Jagger

Gigi va Bella Hadid, Yolanda Hadidning qizlari

Hozirgi kunning eng taniqli opa-singil modellari ham oʻz onalarining yoʻlidan ketishdi. Yolanda Hadid ham oʻtmishda muvaffaqiyatli model boʻlib, bir necha bora yaltiroq muqovalarda paydo boʻlgan. U qizlarining yoshligidanoq har qanaqasiga modellik faoliyatini boshlashi uchun sababchi boʻlgan. Kichik Gigi “Baby Gues” reklama jarayonlarida suratga tushishni boshlagan, 17 yoshida esa, “IMG” modellik agentligi bilan shartnoma tuzgan. U yerda u Carine Roitfeld nazariga tushib, uning moda kitobi muqovasi uchun suratga tushgan. Bundan soʻng, Gigining faoliyati choʻqqilarni zabt eta boshladi. U bilan “Tom Ford” shartnoma tuzdi va boshqa moda nashriyotlari yosh modelni muqovalari uchun suratga olish jarayonlariga taklif eta boshladilar. Ammo farzandi tugʻilgani bois, u oʻz ishini bir muddatga toʻxtatib turishga majbur boʻldi. Bu oʻrinni uning singlisi Bella egalladi. Bella «Baby face» yuz tuzilishiga ega boʻlmagan holda oʻz faoliyatini boshladi. Bella ishonch bilan moda nashriyotlarining muqovalarida hamda katta kutyuryelarning namoyishlarida paydo boʻlib, modellik faoliyatiga qadam qoʻydi. Opalarining yoʻlidan Anvar Hadid ham borib koʻrishga qaror qildi, ammo Bella va Gigi hozircha mashhurlik shohsupasidan tushishni moʻljallashmayapti.

Foto: Spotlight / Gigi Hadid

Foto: Spotlight / Bella Hadid

Maqolani baham ko'ring

Related articles