Prada kuz-qish 2024 kolleksiyasining reklama kampaniyasini namoyish etdi
Fotosuratlarga Willy Vanderperre mualliflik qildi
Prada Italiya modalar uyi brendning asosiy qadriyatlaridan biri hisoblangan "so‘zlashish, fikr almashish tushunchasi"ga yo‘naltirilgan yangi kampaniyasini taqdim etdi.
Kampaniya suratga olish jarayonlarida modellardan: Damson Idris, Hunter Schafer, Leticia Wright, Harris Dickinson va Yili Ma, shuningdek, senariy muallifi Miranda July, hujjatli film rejissyori Garrett Bradley ishtirok etishdi. Fotosuratlar muallifi Willy Vanderperre bo‘ldi.
Kolleksiyada marjon va feruza ranglardagi kostyumlar, trikotajlar, klassik uslubdagi jundan to‘qilgan yubkalar, ko‘ylaklar va firma sumkalari taqdim etildi.
Kolleksiyaning barcha buyumlarini endi Prada rasmiy sayti orqali buyurtma qilish mumkin.