Prada kuz-qish 2024 kolleksiyasining reklama kampaniyasini namoyish etdi

Fotosuratlarga Willy Vanderperre mualliflik qildi

Foto: Instagram / Prada

Prada Italiya modalar uyi brendning asosiy qadriyatlaridan biri hisoblangan «so‘zlashish, fikr almashish tushunchasi»ga yo‘naltirilgan yangi kampaniyasini taqdim etdi. 

  

Kampaniya suratga olish jarayonlarida modellardan: Damson Idris, Hunter Schafer, Leticia Wright, Harris Dickinson va Yili Ma, shuningdek, senariy muallifi Miranda July, hujjatli film rejissyori Garrett Bradley ishtirok etishdi. Fotosuratlar muallifi Willy Vanderperre bo‘ldi. 

Kolleksiyada marjon va feruza ranglardagi kostyumlar, trikotajlar, klassik uslubdagi jundan to‘qilgan yubkalar, ko‘ylaklar va firma sumkalari taqdim etildi. 

  

Kolleksiyaning barcha buyumlarini endi Prada rasmiy sayti orqali buyurtma qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin