Venesiya kinofestivali 81-ko‘rgazma dasturini e’lon qildi

Tanlov 28-avgustdan 7-sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi

Fotо: Unsplash

Venesiya kinofestivali 81-ko‘rgazmasini e’lon qildi. Tanlov 28-avgustdan 7-sentyabrgacha Italiyaning Lido orolida  bo‘lib o‘tadi.  Festivalni Tim Burtonning “Beetlejuice Beetlejuice” filmi ochib bersa, Pupi Avatining “American Garden” kinofilmi esa yopadi.

Asosiy tanlovda Todd Phillipsning “Joker: Ikki kishilik telbalik”, Halina Reijnning “Chaqaloq”, Valter Sallesning “Men hali shu yerdaman”, Pedro Almodovarning “Qo‘shni xona”, Gianni  Amelioning “Jang maydoni”, Ludovic va Zoran Boukhermalarning “Ularning farzandlari ulardan keyin”, Brady  Corbetning “Shafqatsiz”, Maura Delperoning “Vermillo”, Dag Johan Haugerudning “Sevgi” va boshqa filmlar ham namoyish etiladi. 

Shu bilan birga, konkursdan tashqari filmlar, seriallar va hujjatli filmlarning ham namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles