Alexander McQueen 2025-yil bahor-yoz kolleksiyasi taqdimotini o‘tkazdi

Bu safar MakGirr McQueen arxivlarini o‘rganishga ko‘proq vaqt ajratdi

07 Okt 2024
Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Alexander McQueen kreativ direktori Shon MakGirr brend uchun o‘zining ikkinchi ready-to-wear kolleksiyasini namoyish etdi. Ko‘rgazma Sena daryosining chap qirg‘og‘ida, École des Beaux-Arts milliy oliy tasviriy san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.

Podiumda birinchi bo‘lib yoqasiga yamoq solingan pidjakli ko‘ylak paydo bo‘ldi. Bu safar MakGirr McQueen arxivlarini o‘rganishga ko‘proq vaqt ajratdi. U o‘ziga xos S-simon egilishni talqin qilishga urindi.

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

1994-yil kuz-qish mavsumida Banshee to‘plami MakGirr uchun ilhom manbayi bo‘ldi. To‘plamda tikanlar bilan yaratilgan ko‘p qavatli liboslar ko‘rinishida Irlandiyaning Banshee haqidagi afsonasi o‘z aksini topgan.

Alexander McQueen uchun mashhur bamsterlar - beldan past shimlar - shaffof gorizontal qoplamali yubka va shimlarga aylandi. Shon MakGirr qizil yo‘laklar haqida ham o‘ylab, bir nechta kechki obrazlarni tasavvur qildi. McQueenning «qushlari» korsetlar, yubkalar, tik yoqali ko‘ylaklar va patli oyoq kiyimlariga aylandi. Ko‘rgazmani sariq shishadan yaratilgan jaketlar va munchoqdan tikilgan ko‘ylaklar yakunladi.

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Maqolani baham ko'ring

Related articles