2024-yil yoz mavsumida bermudalarni qanday kiyish lozim

Qulaylik va jiddiylik

26 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Yozda garderobimizni zamonaviy shortilarsiz tasavvur qila olmaymiz. 2024-yil yoz mavsumining eng sara modellari orasida kostyumli, jinsili, sport va mikro-shortilar mavjud. Shuningdek, bermudalar ham modaga qaytdi.

Bel qismi keng bo‘lgan, kostyum matosidan tikilgan shortilarda jiddiylik va qulaylikni ko‘rishimiz mumkin. Bermudalar zig‘ir matosidan ham tikiladi. Bunday shortilar yozgi mavsum uchun ayni muddaodir.

Foto: SPOTLIGHT / Loewe

Foto: SPOTLIGHT / Phillip Lim

Ammo 90-yillardagi bermudalarning ko‘pchilikka manzur kelmaydigan bir jihati borki, oyoqning tizza qismi yopiq bo‘lgani uchun kiygan odamning bo‘yini pastroq qilib ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun shorti tanlayotganda uning fasoniga albatta e’tibor bering. Ustunlikni bel qismi yuqori shortilarga bering. Chunki bunday modelli shortilar vizual ravishda bo‘yingizni balandroq ko‘rsatadi. Eng yaxshisi, keng shortilarni tanlang. Tepa qismi torroq ko‘ringan va  pastki qismi keng turgan shortilar o‘zaro muvozanatni yaratadi.

Prada bermuda shortilarini bando toplari bilan, Loewe polo futbolkalari bilan, Dior esa nafis bluzkalar bilan kiyishni taklif etmoqda.

Foto: SPOTLIGHT / Dior

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

Poyabzal muhim ahamiyatga ega: siluetni bo‘yi balandroq ko‘rinishi uchun poshnali oyoq kiyimlar eng yaxshi tanlovdir. Qulaylik uchun Mary Jane uslubidagi baletkalar va tuflilarni tanlash zarur. Katta poyabzallarni esa umuman chetga olib qo‘ygan afzal.

Foto: SPOTLIGHT / Rentrayage

Foto: SPOTLIGHT / Dries Van Noten

Maqolani baham ko'ring

Related articles