Brioni namoyishidagi raqslar

Brend kontemp raqsi orqali “borliqning yengilligini” ifoda etdi

Foto: INSTAGRAM / BRIONI_OFFICIAL

Milan moda haftaligida Brioni ko‘rgazmasida kontemp raqsi ijro etildi. Chiqishni xoreograf va harakat bo‘yicha mutaxassis Jyuli Bryuyer sahnalashtirdi. U, shuningdek, Kristian Diorning hayoti va faoliyati haqidagi “New Look” serialidagi harakatlar ustida ham ishlagan.

Brioni uchun Jyuli brend liboslaridagi “borliqning yengilligi”ni ko‘rsatish maqsadida bir nechta juftlik etyudlarini yaratdi.

 

To‘plamda kashmir kostyumlar, yengil to‘qilgan sviterlar, ipak va zig‘ir matolaridan tikilgan kiyimlar taqdim etildi. Hatto ikki qator tugmali kostyumlar ham mato tanlovi tufayli kiyish uchun yengil qilib yaratildi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles