Chanel: 2025-yil bahor-yoz Haute Couture
Yangi ijodiy direktor Matye Blazi debyuti arafasida
Chanel uyi jamoasi 2025-yil bahor-yoz mavsumi uchun Haute Couture to‘plamini taqdim etdi. Unda asoschisi Gabrielle Chanelning o‘zgarmas dunyoqarashi aks etgan – u nafaqat qora va oq ranglarni, balki nozik tuslarni ham sevardi.
Namoyish Parijdagi Gran-Paleda, afsonaviy gumbazsimon tom ostida o‘tkazildi. Modellar kompozitor Gyustav Rudman musiqasi ostida cheksizlik ramzini ifodalovchi ikki qatorli sahnadan yurib o‘tishdi.
Har bir obraz tong nurlarining mayin tuslaridan tortib tunning qop-qora ranglarigacha qamrab olib bir kunlik davrni aks ettirdi. Namoyish och rangli ipak krepdan tikilgan libos bilan boshlandi, so‘ngra sahnani tvid kostyumlarining sariq, binafsha va pushti ranglari to‘ldirdi. Chuqur tungi ko‘k va yaltirovchi oq ranglar osmon gumbazidagi yulduzlar jilvasini aks ettirib, shouni yakunladi. Nur, mato va vaqt ramzlari nozik kashtado‘zlikda qayta talqin etildi. Uni grafik jiyaklar va toshlar qadalgan tugmalar to‘ldirdi.
Siluetlarning qat’iyligi havodagi o‘ynoqilik bilan muvozanatlashgan: uchayotgan diafragmali matolar atele mahorati sirlarini ochib beradi, uzun va kalta ko‘ylaklarning navbatlashuvi esa ajoyib dinamika yaratdi.