Chanel o‘zining birinchi Go‘zallik uyini ochdi
Uy dizayni brendning fransuzcha ruhini aks ettiradi
Chanel Parijda o‘zining birinchi Go‘zallik uyini ochdi. U yerda brendning barcha kosmetika mahsulotlari taqdim etilgan, shuningdek, parvarish xonalari ham mavjud.
Makon dizayni fransuz brendining nozik ruhini aks ettiradi. Peshtaxtalar No. 5 va Egoïste Platinum atirlarining mashhur flakon qopqoqlariga o‘xshatib yasalgan.
Birinchi qavat kosmetikani erkin sinab ko‘rish uchun ochiq. Ikkinchi qavat parfyumeriyaga bag‘ishlangan: bu yerda nafaqat xushbo‘y hidlar bilan tanishish, balki ularni yaratish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashish ham mumkin. Alohida xonada yuz terisini skanerlash orqali shaxsiy parvarish tanlovi amalga oshiriladi. Uchinchi qavatda parvarish muolajalari uchun ikkita xona joylashgan.