Creating yourself

O‘zlikni kashf etish. ELLE O‘zbekistonning bahorgi soni

фото: Vladyslav Chabanenko

Har bir o‘zgarish, har bir yangilanish va yaralish bosqichidan so‘ng oldinga qadam tashlash vaqti keladi. Bu qadam bugun kim ekanligingizni va ertangi qiyofangizni belgilaydi. Bahor – yangidan g‘ayratga to‘lish, o‘zlikni qayta kashf etish va shaxsiyatingizning yangi qirralarini ochish uchun eng qulay fasl.

foto: Vladyslav Chabanenko

ELLE O‘zbekistonning yangi soni o‘zlikni anglash mavzusiga bag‘ishlangan. Undagi qahramonlarning hayot yo‘llari turlicha, biroq ular so‘zlagan hikoyalar yagona g‘oya atrofida birlashadi; suhbatdoshlarimiz o‘z yutuqlari, tamoyillari va hayotga bo‘lgan qarashlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Nashrning bosh qahramoni – Ravshana Kurkova. Asli o‘zbek aktrisа o‘z karyerasi, O‘zbekistonga va ona shahri Toshkentga bo‘lgan muhabbati hamda farzandlariga yetkazayotgan an’analar haqida so‘zlab berdi. U onalik, ayollik qudrati va ayollarning nozik, ammo sof timsollaridan olgan ilhomi haqida gapiradi.

foto: Ruxshona Turg'unboyeva

foto: Vladyslav Chabanenko

Ushbu sonda Bauirjan Shadibekovning Markaziy Osiyo ijodiy sanoatining istiqboli haqidagi mulohazalari, Saodat Ismoilovaning milliy asliyat bilan aloqasi, Yekut Shmid duch kelgan sinovlar, shuningdek, Kamola Sobirova, Silviya Damiani va Monika Belluchchining hayratbaxsh hikoyalari o‘rin olgan.

foto: Bobur Alimkhodjaev

Bundan tashqari, 2025-yil bahorining asosiy moda va go‘zallik yo‘nalishlari, mavsumning eng yorqin tadbirlari bo‘yicha yo‘riqnoma hamda yetakchi ruhshunosning o‘zlikni anglash bo‘yicha maslahatlari taqdim etilgan.

foto: Madina Mannapbekova

ELLE O‘zbekiston bilan o‘zligingizni kashf eting.

Maqolani baham ko'ring

Related articles