Dior brendi My Dior zargarlik buyumlari kolleksiyasini qayta chiqardi

To‘plamga 15 ta mahsulot kiritildi

Fotо: Instagram / Dior

Fransiyaning Dior modalar uyi My Dior zargarlik buyumlari kolleksiyasini qayta chiqardi. To‘plamga 18 karatli oltindan yasalgan va brendning ramziy naqshi – kannaj tushirilgan  15 ta mahsulot kiritildi. Brigitte Niedermair relama fotografi bo’ldi.

 

Dior Joaillerie badiiy rahbari Victoire de Castellane fransuzcha «maille» so’zining omofoniyasini yoki ramziy naqsh – kannajni hosil qiluvchi  tilladan to‘qilgan panjarani o‘zgartirish maqsadida My Dior nomini o‘ylab topdi.

Dastlabki 12 ta mahsulot Dior brendining rasmiy saytida mavjud. Qolgan 3 ta bezak esa noyabr oyida taqdim etiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin