Dolce&Gabbana byuti-kampaniyalarining uchinchi qismini namoyish etdi
Brendning dekorativ kosmetikasi yangiliklari bilan tanishamiz
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2025/01/Dizajn-bez-nazvaniya-1.png)
Italiyaning Dolce&Gabbana modalar uyi o‘zining uchinchi va yakuniy byuti-kampaniyasini namoyish etdi. Brend “Everlast Primer” va “Everlast Foundation” kabi yangi dekorativ kosmetika mahsulotlarini taqdim etdi.
Videoda Irina Sheyk, Sacha Kuinbe va Chloe O ishtirok etdi. Suratga olish Karin Roytfeld tomonidan stilizatsiya qilingan, rejissyor Stiven Klyayn.
Everlast bazasi va praymerini Dolce&Gabbana brendining rasmiy saytidan xarid qilishingiz mumkin.