Jisoo va Self-Portrait
Yangi reklama kampaniyasi

Janubiy koreyalik pop-yulduz Jisoo LLondonning Self-Portrait moda brendi bilan uchinchi bor hamkorlik qilmoqda va uning retro-futurizm uslubida yaratilgan 2025-yilgi mavsumlararo kolleksiyasining yuzi bo‘ldi.
Fotosuratchi Dryu Vikers tomonidan Seulda olingan lavhalarda, Blackpink guruhining a'zosi 1960-yillar “swinging” davrining yorqin energiyasidan ilhomlangan sun’iy intellekt yaratgan manzaralar fonida suratga tushgan.
"O‘tmish haqidagi orzular" deb nomlangan kampaniya nostalgiya va kelajakni, haqiqat va sun’iylikni uyg‘unlashtirib, Jisu go‘yo orzular olami orasida sayohat qilayotgandek taassurot uyg‘otadi. Suratga olish jarayonida u kolleksiyaning asosiy liboslarini namoyish etadi: katakli top ustidan kiyilgan neylon kurtkani va “g‘oz panjasi” naqshli mini-yubkani, marvaridlar bilan bezatilgan krem rangli jinsi yubka bilan to‘rli oq bluzka, shuningdek, bantli savat sumkasi bilan to‘ldirilgan oq paxtali mini-ko‘ylakni.