2024-yil qishida qanday rangdagi etik xarid qilish kerak?

Sovuq kunlarga tayyorgarlik

25 Noy 2024
Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Etik – sovuq kuz-qish mavsumining asosiy poyabzali. Tanlovga jiddiy yondashish lozim, zero ular sizning ehtiyojlaringizga mos kelishi shart. 2024-yilda botfortlar, qo‘njli etiklar, kazaklar va past poshnali ugglar urfda. Dizaynerlar modellarning xilma-xilligi bilangina cheklanib qolmasdan, har qanday vaziyatga mos keladigan obrazlarga o‘ziga xos joziba baxsh etuvchi ko‘plab ranglarni ham taklif qilmoqdalar.

Qora

Asrlar davomida sinovdan o‘tgan klassika – bu doim qo‘l keladigan universal variant. Silliq, naqshinkor yoki sayqallangan teridan tikilgan, tizzagacha yoki sonning o‘rtasigacha bo‘lgan, poshnali yoki tekis poshnali etiklar nafaqat garderobni xilma-xil qiladi, balki oyoqlarni issiq saqlaydi.

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Jigarrang

Agar garderobingizda qora etik allaqachon bo‘lsa, mavsumning eng «qimmatbaho» rangi - jigarrangga e’tibor qaratish kerak. Ayniqsa, to‘q shokolad tusi e’tiborga loyiq. Jigarrang poyabzalni garderobga kiritishni Ugg Tazz modelidan boshlash mumkin – bu issiq shippaklarni eslatuvchi juda past ugglar. Ular bemalol zamonaviy obrazlarning asosiga aylanadi: to‘g‘ri jinsi shimlar yoki erkin shimlar, sviter-ko‘ylaklar va shinam kashmir to‘plamlar to‘q jigarrang tusdagi bunday ugglar bilan uyg‘unlashadi.

Yashil

Yashil tuslarni poyabzal tanlashda eng keng tarqalgan variant deb bo‘lmaydi. Biroq 2024-yil kuz-qish mavsumida, masalan, Gucci’dagi kabi, poshnali yoki tekis poshnali zaytun rangli botfortlarni dadillik bilan tanlab olishingiz mumkin. Moda uylari asl to‘q-yashil tusdagi qo‘njli etiklarni ham taqdim etmoqda. Eng muhimi, bunday poyabzal javoningizga mos kelib, obrazlar bilan uyg‘unlashishi lozim.

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Bordo

Shubhasiz, 2024-yilgi kuz-qish mavsumining asosiy xitiga bordo rangi aylandi. Ammo bu rangning inflyuenserlar obrazlaridagi ko‘pligi me’dangizga teggan bo‘lishi mumkin, ammo shuni bilingki, sizda burgundi tusidagi etik sotib olish istagi hamon mavjud bo‘lsa, bu qora rangdagi variantlarga yaxshi muqobil hisoblanadi.

Foto: SPOTLIGHT / Chloe

Oq

Bu eng barqaror rang bo‘lmasa-da, ko‘pchilik dizaynerlar unga to‘xtalishgan. Oq etiklar ko‘p qirrali va e’tiborni tortadi, ammo doimiy emas. Ular o‘ziga xos urg‘u yoki tegishli obrazlar ostida tadbirlarga chiqish uchun mos keladi.

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin