Gastronomik logomaniya
Zamonaviy uylar uslub didning bir bo‘lagiga aylangan noyob kafe va restoranlar yaratmoqda
«Logomaniya» tendensiyasi gastronomik nuqtalarni ham chetlab o‘tmadi: hozirda ko‘plab moda brendlari o‘z kafe va restoranlariga ega.
Gucci Osteria
Gucci Osteria – turli xil oʻziga xos xususiyatlarga ega dunyoning har xil shaharlarida joylashgan, zamonaviy, italyancha restoranlar tarmogʻi. Ular zamon bilan hamnafas boʻlib kelayotgan pazandalik falsafasini ilhom manbasi boʻlgan ijodkorlik, bashanglik, hajviya va hissiyotkorlik bilan baham koʻrishadi.
Sayohatchi bosh-oshpaz uchun taom tayyorlash ham oʻziga xos muqaddas ma’noga ega. Uyidan uzoqda boʻlgan chogʻda u vatani bilan boʻlgan aloqani taom orqali his qiladi, sog‘inch esa – bu ularning taomlarini o‘zgartirish va o‘tmish bilan aloqa o‘rnatishning «muhim kaliti»dir. Misol uchun, Gucci Osteria Beverli-Xillz pitsasi ostida qiyofalangan rizottoni, italiyalik bosh-oshpaz Mattia Agassi butun dunyo qoʻllanmalarini sinab koʻrgan holda, kult darajadagi italyan pitsasini xuddi shunday kult darajasiga ega boʻlgan italyan rizottosiga aylantirmoqchi. Bu taom dunyoning turli xil nuqtalaridan Beverli-Xillz restoraniga tashrif buyurgan mehmonlar tilida gapiradi va shu tariqa ularga o‘z vatani Italiyani eslatadi.
Brend bilan aniq bog‘liqlikdan tashqari yana bir mashhur ismi bor: Massimo Bottura – Gucci Osteria taomnomasini tuzishga yordam bergan italyan oshxonasi yulduzi (mashhur bosh-oshpaz). Ko‘p hollarda taom yorqin ta’m sifatlari bilan emas, balki ajoyib taqdimoti bilan esda qoladi. Biroq ikkalasini ham ta’minlaydigan bir nechta taomlar mavjud, masalan, oq fermer tuxumi va tryufel qirindisi bilan grilda pishirilgan artishok. Va dasturxonga ko‘pirtirilgan rikotta va Gucci shmel shaklidagi yog‘ bilan tortiladigan ajoyib non haqida unutmang.
Dunyoning boshqa bir nuqtasida, Tokioda esa bosh oshpaz Antonio Yakovello otasi xotirasiga ramenga aylanishiga umid qilgan parmijanni tayyorlaydi: parmezan pishlog‘ida marinadlangan baqlajon sarimsoq yog‘i bilan va chilili spagetti fermentlangan yapon baqlajonli bulyonida tortiladi.
Monsieur Dior Restorani
Mashhur dizayner Dior va uning bejirim liboslarini yaxshi biladigan odamlar ko‘p. Ammo mashhur modelyer Kristian Diorning ashaddiy ovqat shinavandasi bo‘lganini ham hamma biladimi? Brend 2022-yilda Parijda tashrif buyurishga arzirli elita restoranini ochib, unga hurmat ko‘rsatishga qaror qildi. Bu yerda nafaqat mashhur yuqori moda uylaridan madaniy buyumlar va zargarlik buyumlarini xarid qilish, balki uxlash, pardoz-andoz qilish, uydagi madaniy ishlar bilan tanishish, shirinliklardan totib ko‘rish va nafis oshxonaning restoranida o‘tirish mumkin.
Yaratuvchisi nomi bilan faxrlanadigan bu restoran Monten xiyobonidagi afsonaviy butikda joylashgan. Taniqli oshpaz Jan Imber o‘zining fransuz gastronomiyasining buyuk klassikasini qayta ko‘rib chiqqan holda o‘zining kashfiyotchiligi va saxiyligi bilan sizga nozik va shu bilan birga oddiy va g‘aroyib taomlarni taklif etadi.
Restoranda ikki xil, lekin bir-birini to‘ldiruvchi xonalar mavjud. Bitta xona o‘zining qo‘l tegmagan oq devorlari va katta oynasi (Klaudiya Vizer dizayni) bilan tozalikni aks ettiradi. Bu makon dizayner va Dior uyi tarixini aks ettiruvchi tasvirlardan iborat Gi Limon kompozitsiyasi bilan bezatilgan qizil xona bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, bu yerda dizaynerning stol atrofida o‘tirganini tasvirlovchi Rene Bushening surati ham bor.
Hashamatli ikki rangli shaxmat taxtasi (xona rangiga moslangan) uslubida tikilgan qulay kreslolar, shuningdek, Dior uyi kolleksiyasidagi idish-tovoqlar, Dior kiyimidagi ofitsiantlar – bularning barchasi hashamat hukm suradigan joyni yaratadi. Restorandan bog‘ning o‘ziga xos manzarasi namoyon bo‘ladi. Ushbu joyni qandolat va fud-korner yakunlaydi, u yerda gurmanlar klassik fransuz pishiriqlari va noyob finjon qahvadan bahramand bo‘lishlari mumkin. Qulayroq o‘tirib oling va tryufelli krokemone yoki ikradan yostiqcha qilib keltirilgan qaynatilgan tuxum, shirin qalampirli ravioli yoki avokado va greypfrutdan tayyorlangan ajoyib qisqichbaqadan bahramand bo‘ling. Shuningdek, siz har bir namoyishdan oldin Christian Dior sevib iste’mol qilgan taomlarni tatib ko‘rishingiz mumkin. Bosh oshpaz buyuk dizaynerga hurmat bajo keltirish uchun hamma narsani o‘ylab chiqqan.
The Blue Box Café
Agarda siz, 1961-yilda ekran yuzini ko‘rgan, bosh rolda Audrey Hepburn ishtirok etgan “Tiffaninikidagi nonushta” klassik filmini ko‘rgan bo‘lsangiz, ehtimol, Blue box kafe nima ekanini va u nima anglatishini bilasiz. Nyu-Yorkdagi beshinchi xiyobonda joylashgan feruza ko‘zi rangidagi juda chiroyli kafe yonidan shunchaki o‘tib keta olmaysiz.
Blue box kafesi – bu Tiffanining orzu qilgan gastronomik taassurotlariga asoslangan noyob ko‘rinishga ega bo‘lgan joy. Mishlen yulduzi bilan taqdirlangan nyu-yorklik bosh oshpaz Daniel Boulud va Blue box kafe oshpazi Raphaelle Bergeon sizga ushbu maftunkor va nafis kafeda mavsumiy menyu, jumladan Tiffany’s Breakfast tushlik choyini taklif qiladilar. Tushlik choyi sendvichlar, pishiriqlar, pechenye va yangi pishirilgan bulochkalar bilan ko‘p qavatli ajoyib kumush idishda olib kelinadi. Bu joy dizayner Peter Marino tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, endilikda bu yerda xususiy ovqatlanish maydoni, kafe hamda bar bor. Bu joylar o‘ziga xos, individual ko‘rinishga ega bo‘lgan badiiy o‘rnatmalar va kafening maxsus Tiffany ko‘k rangi bilan bezatilgan.
Tiffany binosida bo‘lgan mijozlar o‘zini hashamat ichida yurgandek his qiladilar. Bu yerga dunyoning turli chekkalaridan sayyohlar kelishadi.
Ralph’s Coffee
2014-yildan beri Ralph Lauren butun dunyo bo‘ylab odamlarni birlashtirishni va mehmondo‘stlikning asl ahamiyatini eslatib turishni davom ettirayotgan Ralphs’s Coffee qahvaxonalarini ochib kelmoqda. Ushbu qahvaxona Nyu-Yorkning band aholisi va mehmonlari uchun bir finjon qahvadan bahramand bo‘ladigan mehmondo‘st va qulay joyga aylandi.
Ushbu qahvaxonada ko‘plab shirin taomlar va ichimliklar taklif etilgan. Jumladan, besh qavatli shokoladli «Ralph» tortidan tortib, pirojniy va karamelli popkorngacha topishingiz mumkun.
Ralf Lorenning sevimli shirinliklari – brauni va sabzi pirojniylari – organik donlardan tayyorlangan qahvaning keng assortimenti bilan taqdim etiladi. Albatta, bu yerda matcha va latte choyi kabi nafis va shifobaxsh ichimliklar ham mo‘l-ko‘l.
Bu yerda har bir bo‘lak va har bir ta’m sizni Ralph Lauren dunyosining hukmron bo‘lmagan vaqtiga olib boradi.
Albatta ushbu restoranlarning biriga nonushta, tushlik, kechki ovqat, kokteyl yoki qahvaga tashrif buyuring va taniqli oshpazlarning pazandalik mo‘jizalaridan bahramand bo‘ling!