Gullar festivali

“Yashil iqtisodiyot” tamoyillarini rivojlantirish

Foto: afisha.uz

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda 1-3-may kunlari Gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Festival jamoatchilik e’tiborini ekologik ta’lim, tabiatni muhofaza qilish, yoshlarda ekologik ongni shakllantirish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini rivojlantirish masalalariga qaratishni maqsad qilgan.

Har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha bo‘ladigan dasturdan xalq ansambllari, teatr tomoshalari, musiqa jamoalari va milliy madaniy markazlarning chiqishlari o‘rin olgan. Mehmonlar jonli musiqa, raqs shoulari, estrada yulduzlarining ijrolaridan zavq olishlari mumkin. Kechaning yakunida esa mahalliy didjeylar o‘z san’atlarini namoyish etadilar.

Maqolani baham ko'ring

Related articles