Qiyiq ro‘mollar: quyoshdan qanday yashirinish mumkin?
Yoz uchun mukammal bosh kiyimi
Tik quyosh nurlari ostida bo‘lish har doim ham xavfsiz yechim bo‘lavermaydi. Ulardan bir necha usul yordamida yashirinish mumkin. Masalan, vaqtni yopiq binolarda o‘tkazish yoki bosh kiyimlar bilan himoyalanish – aynan quyoshdan pana bo‘lish yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Yuqorida aytilgan ikkinchi holatda yana mavsum trendlari qatoriga qaytayotgan qiyiq ro‘mollar (kosinkalar) yordamga keladi. Ular nafaqat plyajda, balki shahar bo‘ylab sayr paytida ham eng kerakli himoya vositalaridan biri hisoblanadi.
Aksessuar sidirg‘a rangdagi shoyi matodan bo‘lib, u bosma naqsh yoki kross texnikasida to‘qilgan bezak bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Inflyuyenserlar misolida o‘z obrazingizni yaratishda, zig‘ir tolali matodan bosh kiyimi, unga moslab, jinsi shim va rubashka, minimalist ko‘ylaklar va hatto shim yoki shorti hamda nimchadan iborat jiddiy ko‘rinishdagi obrazlarni tanlang.
ELLE 2024-yil yozining trendi bo‘lgan qiyiq ro‘molli ko‘rinishlar uchun bir nechta namunalarni jamladi.