Gretsiyadan ilhomlanish

Osmondan tushgan ma’budalar

15 Avg 2024
Foto: SPOTLIGHT

Brendlar oddiy qadimiy kiyim-kechaklar va modernistik soddalik g‘oyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, go‘yoki yunon ma’budalarini osmondan jahon podiumlariga tushirishayotgandek. Shu tariqa to‘plamlarda Antik davrga xos an’anaviy liboslarga jo‘natmalar paydo bo‘ladi.

Valentino 2012-yilda Viktoriya davri uslubiga murojaat qilgan bo‘lsa, Dior 2024-yilgi kuz-qish to‘plamida afsonaviy ma’budalar timsollariga e’tibor qaratdi. Shu tariqa, Parijdagi Olimpiya o‘yinlari arafasida fransuz modalar uyining ijodiy rahbari Maria Grazia Chiuri kolleksiyaga qadimgi yunoncha motivlar va drapirovkalar (parda uslubidagi matolar)ni aks ettiruvchi obrazlarni kiritdi. Peplos – burmali yengil kiyim Christian Dior tomonidan 1948-yilda shifondan tikilgan edi va mana endi u Maria Grazianing g‘oyalar taxtasida qaytadan hayot topdi.

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Bir necha yil oldin Dolce & Gabbana kuz-qish 2019 Alta Moda ko‘rgazmasi doirasida 125 ta obrazni taqdim etdi, ularning har biri qimmatbaho kashta, tyul, makram, lentalar va marjonlar bilan murakkab texnikani birlashtirdi. Qadimgi Yunoniston va Rim afsonalari o‘sha paytda dizaynerlar uchun asosiy ilhom manbai bo‘lgan.

Foto: SPOTLIGHT / Valentino

Dizaynerlar bir ko‘ylagini Kleopatra lentasidagi Elizabet Teylor obraziga, ikkinchisini gladiatorlar liboslariga, syurrealistik bosh kiyimlarini esa yunon xudolari haykallariga bag‘ishladilar. Maria Grazia esa qizlarning tanasini go‘yoki kishanlanishdan “ozod qilish” uchun drapirovkalarga murojaat qildi.

Foto: SPOTLIGHT / Alexander McQueen

Drapirovkalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular nafaqat liboslarga nafosat bag‘ishlaydi, balki qomatni ham a’lo darajada to‘g‘rilaydi. Bir yelkasini ochgan va yunon ma’budalarining kiyimlarini eslatuvchi sudralgan midi yoki makilar alohida taassurot qoldiradi. Shuningdek, nafis burmalar bilan to‘ldirilgan, pastga biroz kengayadigan yubkali ixcham modellarga alohida e’tibor berish kerak.

ELLE Gretsiya va maftunkor ma’budalardan ilhomlangan tarzda obrazlar to‘plamini jamladi.

Foto: SPOTLIGHT / Atlein

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Foto: SPOTLIGHT / Giambattista Valli

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Foto: SPOTLIGHT / Valentino

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Foto: SPOTLIGHT / Valentino

Maqolani baham ko'ring

Related articles