Jadidlar. Turkistonga maktublar

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasidan yangi multimedia ko‘rgazma loyihasi

Toshkentdagi City Mall’da 18-iyul kuni “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning ta’lim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan yangi multimedia ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Namoyish ashyolari Germaniyaga o‘qishga yuborilgan turkistonlik talabalarning tarixi ochib beriladi. Savdo markazida maxsus “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi uchun 1400 kv.metrdan ortiq maydonga ega alohida joy ajratilgan.

Ushbu ko‘rgazmadan maqsad -  keng jamoatchilik diqqat-e’tiborini Markaziy Osiyo tarixining muhim bobiga qaratishga mo‘ljallangan. Bu yerda jadidchilik XX asr boshlarida vujudga kelgan peshqadam harakat sifatida mintaqa taʼlim tizimini tubdan isloh qilishda muhim rol oʻynagan.

Ko‘rgazmada bir nechta bo‘limlar mavjud bo‘lib, unda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Irzayev tomonidan saralab to‘plangan arxiv materiallari yordamida tashrif buyuruvchilarga moziyga g‘oyibona sayohat qilishdek betakror tajribani taqdim etuvchi uch tildagi tasviriy va ovoz qurilmalari taqdim etiladi.

Ko‘rgazmaning ssenografiyasi va ovozli hikoyasi jadidlar tarixi, ularning ma’rifat va milliy istiqlol yo‘lidagi orzu-umidlari mujassam multimedia proyeksiyalari orqali taqdim etilgan. Ko‘rgazma ssenografiyasining o‘zi jadidchilik davri talabalari haqida hikoya qiluvchi beshta solnomaviy va mavzuga aloqador hududlarga bo‘lingan.

Foto: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining PR-xizmati

Ko‘rgazmada jadidlar davriga oid nodir arxiv materiallari: maktublar, maqolalar va fotosuratlar ham namoyish etiladi. Ularning aksariyati ilk bor jamoatchilik e’tiboriga havola qilinmoqda.

“Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi ta’lim, madaniy almashinuv va taraqqiyot sari ezgu orzu-niyatlarning ahamiyati haqida mustaqil izlanish va fikr-mulohaza yuritish uchun taklifdir. Jadidlar tarixining yangi qirralarini kashf etishga yetaklovchi o‘tmish va bugungi kunning mushohadali hikoyalariga sho‘ng‘ing!

Ko‘rgazma 18-iyuldan boshlab har kuni soat 10:00-22:00 gacha ochiq bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles