Kombucha: ming yillik tarixga ega ichimlik

Choy zamburug‘i dunyoni qanday zabt etdi

Fotо: Pexels

Kombucha yoki choy zamburug‘i – bu bakteriya va achitqilarning simbiotik kulturasi qo‘shilgan shirin (yashil yoki qora) choydan tayyorlangan fermentlangan ichimlik. Bijg‘ishdan so‘ng ichimlik yengil nordon-shirin ta’mga ega bo‘lib, meva ta’mli gazlangan choyni eslatadi.

Ichimlik tarixi

Kombuchaning vatani Xitoy hisoblanib, u yerda miloddan avvalgi 220-yillardan beri iste’mol qilinib kelingan. Taxmin qilingan shifobaxsh xususiyatlari tufayli ichimlik “abadiylik eliksiri” deb nomlangan. XX asr boshlarida kombucha yana Yevropaga tarqaldi. Organik va foydali xususiyatlari tuyafli 1990-yillarda ichimlikning mashhurligi butun dunyo bo‘ylab tarqaldi. Bugun u sog‘lom turmush tarzining ramziga aylanib, ikkinchi hayotini boshlayapti.

Fotо: Pexels

Kombuchaning qanday foydasi bor?

Kombucha fermentatsiya jarayoni tufayli ko‘plab foydali xususiyatlarga ega: u ichak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydigan va ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan probiotiklarga boy, tarkibidagi antioksidantlar esa oksidlovchi stressga qarshi kurashib, hujayralarni zararlanishdan himoya qiladi.

Glyukuron kislota toksinlarni chiqarib, organizmning detoksikatsiyasiga yordam beradi, B guruh vitaminlari va organik kislotalar esa qo‘shimcha energiya beradi va immunitetni mustahkamlaydi. Kaloriyasi kamligi tufayli kombucha ovqatlanishni nazorat qiladigan yoki sport bilan faol shug‘ullanadiganlar uchun ajoyib tanlovdir.

Fotо: Pexels

Choy zamburug‘ini qanday ichish kerak?

Organizm yangi mahsulotga ko‘nikishi uchun kichik miqdorlardan (kuniga 100-150 ml) boshlash maqsadga muvofiq. Yaxshiroq o‘zlashtirilishi uchun och qoringa yoki ovqatlanish oralig‘ida ichish tavsiya etiladi.

Qarshi ko‘rsatmalar

Agar sizda surunkali kasalliklar bo‘lsa, ELLE O‘zbekiston tahririyati kombuchani iste’mol qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashishni maslahat beradi. Shuningdek, ichimlik homilador va emizikli ayollarga, hamda qandli diabet, jigar yoki oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘rigan kishilarga tavsiya etilmaydi.

Kombucha – bu salomatlikni qo‘llab-quvvatlashning mazali va tabiiy usuli, biroq ehtiyotkorlik choralarini unutmaslik va organizmning reaksiyasini kuzatib borish muhimdir.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin