McQueen, Saint Laurent va Calvin Klein kreativ direktorlari bilan xayrlashmoqda
Seán McGirr, Anthony Vaccarello va Veronica Leoni o‘z lavozimlarini tark etmoqda.
McQueen, Saint Laurent va Calvin Klein Collection ijodida yangi davr boshlanmoqda: bir hafta ichida uch brend kreativ direktorlari ketishini e’lon qildi.
15-oktabr kuni McQueen Seán McGirr uch yillik faoliyatidan so‘ng lavozimini tark etishini tasdiqladi. Irlandiyalik dizayner 2023-yilda Sarah Burton o‘rniga moda uyining kreativ direktori etib tayinlangan edi. Uning faoliyatidagi so‘nggi muhim voqealardan biri McQueen namoyishining Londonga qaytishi bo‘ldi.
Shu kuni Calvin Klein ham Veronica Leoni brendning qayta tiklangan podium yo‘nalishi — Collection’ga to‘rt mavsum rahbarlik qilganidan so‘ng ketishini ma’lum qildi. Ushbu xabarlar e’lon qilingan paytda McQueen ham, Calvin Klein ham yangi kreativ direktor nomini aytmagan edi.
Avvalroq, 9-oktabr kuni Anthony Vaccarello o‘n yillik faoliyatidan so‘ng Saint Laurent’dan ketishi ma’lum bo‘ldi. Uch yirik brenddagi bu o‘zgarishlar moda sanoatida ijodiy rahbariyat almashinuviga e’tiborni yana kuchaytirdi.
Foto, chapdan o‘ngga: Campbell Addy; Taylor Hill / Getty Images; Zoë Ghertner.