Minimalizm va sanʼat: Parij markazida Jacquemus yangi ofisi

Simon Port Jakmyus, brendning kreativ direktori, u o‘zining instagram-akkauntida markaning yangi shtab-kvartirasi fotosuratlari bilan bo‘lishdi.

07 Iyun 2024

Jacquemus brendining yangi uyiga aylangan multifunksional inshoat Parijning 8-okrugida joylashgan va bitta binoni egallaydi. Simonning jamoasi ish joylari, shuningdek, qahvaxona, dam olish zonasi va ichki hovlidan foydalanishadi.

?img_index=1

Yangi ofisni bezash uchun dizayner OMA arxitektura-dizaynerlik agentligini jalb etdi, ushbu agentlik 2022-yilda Parij va Londondagi Jacquemus shourumlari ochilishi bilan shug‘ullangan. Shuningdek, loyiha ustida Unispace byurosi ham ishlagan – u qulaylikni ustun qo‘yuvchi ish joylarini yaratish bo‘yicha dunyo yetakchisi. Mazkur kollaboratsiya tufayli Jacquemus jamoasi ish va hordiq uchun yorug‘ joylar bilan taʼminlangan, yangi ofis dizayni esa brendning vizual tilini aks ettiradi.

Yangi ofis Simonning Provans, uning kundalik hayoti va aholisiga bo‘lgan muhabbatining navbatdagi isboti bo‘ldi. Oq va ko‘k rang, chiziqlar va quyosh ishqibozi bo‘lgan Simon Jakmyus Fransiya janubi ruhiyatini poytaxtning qoq o‘rtasiga ko‘chirib o‘tkazgan. Devorlardagi iliq sutli ranglar, och rangli mebel, derazalardagi yengil pardalar minimalizm talablariga javob beradi, yorug‘lik va mislsiz kenglik hissini yaratadi. Qahvaxona, ochiq dam olish hududi, shuningdek, dekorning alohida detallari: chiziqli kushonlar, och limon rangli kreslo yopkichlari va pardalar, – dizaynerning sevimli shahri yozgi Marselning sokin muhitini eslatadi. 

Egiluvchan shaklli assimetrik arkalar, devordagi maxsus oval qilib yasalgan joylar – bularning hammasi Simonning sevimli shakllaridir va  Jacquemus uchun muhim sanaladi. Hatto binoga kirish qismi yengil oq mato bilan tortilgan – bu oxirgi “La Mariage” koleksiyasiga ishora. 

Yangi shtab-kvartiraning minimalistik interyeri sanʼat buyumlari bilan boyitilgan, ularni shaxsan Simonning o‘zi tanlagan. 2024-yil 2-mart kuni dizayner Fransiyaning sanʼat va adabiyot ordeni Kavaleri bo‘ldi. Bu sanʼat va adabiyot sohasidagi yutuqlari bilan ajralgan yoki Fransiya va dunyo miqyosida sanʼat va adabiyotni targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi uchun odamlarga beriladigan idoraviy mukofotdir. 

Ofisning markaziy elementi sifatida L‘Air ayol tanasi haykali tanlanganligi hayratlanarli emas, u 1938-1939-yillarda fransuz haykaltaroshi va rassomi Aristid Mayol tomonidan yaratilgan.  

Ushbu haykaldan tashqari, interyerda uning boshqa ishlari ham qo‘yilgan, masalan, Nu feminin cupé de dos Dina (1942), Nu assis va Nu debou kartinalari. Shuningdek, Instagramda nashr etilgan ofis fotosuratlari tavsifida quyidagi rassomlar va fotosuratchilarning ismlari keltirilgan – Devid Xokni, Amedeo Modilyani, Volfgan Tilmans va b. Ularning ishlari devorlardan birida shpalerli osma jihozda ilingan, haykallar esa ofis xonalariga moslashtirilgan, bunda atrofning havodorligi saqlanib qolingan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin