Mocha Mousse: 2025-yilning asosiy rangi

Nima uchun aynan u va u bilan qanday do‘stlashish mumkin?

05 Yan 2025
Foto: SPOTLIGHT/Max Mara

Har yili Pantone kelgusi 365 kunning asosiy tendensiyalari va kayfiyatini aks ettiruvchi yil rangini tanlaydi. Bu safar tanlov Mocha Mousse to‘xtaldi (17-1230 raqami). “Shokoladli muss” kichik ziyofatlar madaniyatini ifodalaydi va iliqlik hamda qulaylik hissini uyg‘otadi. Chuqur qahva-jigarrang tus allaqachon dizaynerlar kolleksiyalarida yetakchi o‘rinlarni egallab, yaqin mavsumning eng zarur elementiga aylanishga va’da bermoqda.

Foto: SPOTLIGHT/Bottega Veneta

Moda sanoatida uyg‘unlik va kiyim tanlashda ongli yondashuvni ta’kidlaydigan tabiiy, universal ranglar tendensiyasi davom etmoqda. Mocha Mousse bu talablarga mukammal javob beradi. Uning yumshoqligi va universalligi rangni turli xil uslublarda – sodda minimalizmdan tortib eklektik bogemgacha qo‘llash imkonini beradi, har qanday talqinda dolzarb va ifodali bo‘lib qolaveradi.

Foto: SPOTLIGHT/Tods

Mocha Mousse tusidagi paltolar, trenchlar yoki charm kurtkalar qimmatbaho va nafis ko‘rinadi. Ular neytral asos – oq, qora, kulrang yoki qaymoq rang bilan oson uyg‘unlashadi. Kontrast hosil qilish uchun oq, zumrad, to‘q qizil yoki oltin rang qo‘shing. Sumkalar, poyabzal va kamarlar obrazga teranlik va tugallanganlik baxsh etadi. Mocha Mousse qat’iy siluetlarning nafisligini ajoyib tarzda ta’kidlaydi, ularni yanada yumshoq va qulay qiladi.

Foto: SPOTLIGHT/Ganni

Bu tus nafaqat moda tendensiyalarini aks ettiradi, balki butun yilga ohang beradi. Mocha Mousse tabiiy go‘zallikni ochishga va dabdabasiz nafis obrazlar yaratishga yordam beradi. Ko‘proq ta’sirchanlik va rang boyligi uchun fakturali matolarga, masalan, baxmal, zamsh, teri yoki yirik to‘qilgan trikotajga e’tibor qaratish lozim. Moda haftaligidan bir nechta variantlarni to‘pladik!

Foto: SPOTLIGHT/Boss

Foto: SPOTLIGHT/Max Mara

Foto: SPOTLIGHT/Philosophy di lorenzo serafini

Foto: SPOTLIGHT/Valentino

Foto: SPOTLIGHT/Andreadamo

Maqolani baham ko'ring

Related articles