2024-yilgi eng chiroyli Olimpiya formasi qanday ko‘rinishda
Fransiyadan ilhomlanish va vatanga hurmat
2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari Parijda o‘tkazilmoqda. Ochilish marosimi 26-iyul kuni bo‘lib o‘tdi va marosimdan biroz oldin ishtirokchi mamlakatlarning jamoalari o‘z terma jamoalari uchun Olimpiya liboslarini namoyish etdilar.
Mo‘g‘ulistonlik sportchilar ochilish marosimi mehmonlari va raqiblarini yosh mo‘g‘ul brendi Michel&Amazonka tomonidan yaratilgan, eng zamonaviy va o‘ziga xos deb hisoblanadigan formada kutib olishdi. Mo‘g‘uliston terma jamoasi formasida milliy ruh, soddalik va vazminlik yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Gaitiliklar Stella Jean tomonidan yaratilgan moviy ko‘ylaklar va yorqin yubkalar kiyib chiqishdi. Ayollar obrazlari qiya yengli nimchalar bilan boyitilgan edi. Brend formani ifodali va sezilarli qilishga intilgan.
Ben Sherman britaniyaliklar uchun forma dizaynini ishlab chiqdi. Ushbu brend uchun bu turdagi ish birinchi marotaba emas – bu ular ishlayotgan ketma-ket uchinchi Olimpiya o‘yinlari. Olimpiadachilarning formalari Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning ramzlari bo‘lgan atirgullar, qora terak, narkas guli , uch bargli beda, yorqin ranglar va naqshlar bilan to‘ldirilgan edi.
Ralph Lauren 2008-yildan beri AQSH terma jamoasini kiyintiradi. Bunga Parij muhiti va Amerikaning vatanparvarlik ruhi ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Qizil-oq bezakli to‘q ko‘k pidjaklar, ingichka yo‘l-yo‘l chiziqli ko‘ylaklar va jinsi shimlar AQSH Olimpiya terma jamoasi uchun obraz elementlari sifatida namoyish etildi.
Giorgio Armani boshchiligidagi EA7 Emporio Armani italyanlar uchun forma yaratdi. Minimalistik liboslar mamlakat bayrog‘ini xudi kapyushonlari astari shaklida to‘ldirgan.
Avstraliya jamoasini Sports Craft brendi jamladi. Ular zangori rangdagi pidjaklar va yaltiroq yubkalardan iborat yorqin liboslarni yaratdilar. 301 nafar Avstraliya olimpiya chempionlarining ismlari tikilgan ustki bezak o‘ziga xos element bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi uchun forma 7Saber brendi tomonidan yaratilgan. Oq-zangori ranglar kombinatsiyasi oltin elementlar bilan boyitilgan. Ularga ilhom manbai sifatida O‘zbekistonning tarixiy me’morchiligi xizmat qildi, asosiy elementlar sifatida arklar tasvirlangan.