Pantone bahor-yoz 2025 mavsumi ranglarini e’lon qildi
Qisqa va lo‘nda
Nyu-Yorkdagi moda haftaligining boshlanishida Pantone ranglar instituti bahor-yoz 2025 mavsumining eng yaxshi 10 ta rangini e’lon qildi. Turli ranglarning xira ohanglari tabiatdan ilhomlanib yaratilgan.
Ro‘yxatdan quyidalar o‘rin egalladi:
- Bran (karamel-jigarrang);
- Crocus (binafsharang-pushti);
- Lime Cream (yumshoq yashil rang);
- Limpet Shell (yumshoq moviy rang);
- White Grape (och yashil);
- Déja Vu Blue (to‘q ko‘k);
- Kashmir (ninabarglarning changlangan rangi);
- Misted Marigold (iliq-sariq);
- Orangeade (to‘q sariq);
- Cocoon (sovuq sarg‘ish).
An’anaga ko‘ra, bir yilda ikki marta (kuzda va bahorda) Pantone brendlarning bo‘lajak namoyishlarida uchratish mumkin bo‘lgan mavsumning eng aktual o‘nta rangini tanlaydi.