Retro-kedalar: 2024-yil yoz ehtiyoji

Shopping – terapiya va boshlang‘ich nuqtaga qaytish

06 Avg 2024
Foto: SPOTLIGHT

Grandpacore yoki retro uslubidagi kedalar va krossovkalar tendensiyasi tobora ommalashib bormoqda. Adidas Samba futbol butsilarining moda talqini bu retro tendensiyani qayta jonlantirdi. Qora va oq rangdagi kombinatsiyadan tashqari, leopard rangidagi kedalar ham inflyuyenserlarning e‘tiborini qozondi.

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Krossovkalar to‘plamini yorqin ranglardan boshlash kerak emas. Balki aksincha, oddiy, klassik uslubidagi poyabzallar ayni muddao bo‘ladi. Ularga zamsh yoki boshqa matodan kontrastli qo‘shimchalar qo‘yilishi ham mumkin.

Vans Sport, Reebok Club C Revenge yoki Puma Creeper Phatty va Super Liga poyabzallariga e’tiboringizni qarating.

1980-yillardagi fitnes poyabzallarini eslatuvchi ko‘p qirrali, cho‘zilgan qalpoqli kedalar tennis-kor uslubini yoki kamtarona obrazlarni to‘ldiradi. Retro-kedalar Polo kalta (mini) yubkalari, jinsi shimlar, yoki to‘qilgan shortilar bilan o‘ziga xos obrazlar yaratishga imkon beradi.

Foto: SPOTLIGHT / Onitsuka Tiger

Maqolani baham ko'ring

Related articles