Telnyashka: noodatiy va ommabop

Boqiy klassika

29 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Dengiz toʻlqinlaridan ilhomlangan holda, telnyashkalarni chetlab oʻtmoq joiz emas. Coco Chanel qalin breton junidan yasalgan dengiz floti formasini qizlar garderobining qiziqarli va amaliy elementlaridan biriga aylantirdi.

Telnyashkalar, dengizchilarga oq yelkanlar fonida va suvda ajralib turishga yordam berar edi. 1917-yilda Coco Chanel toʻq koʻk va oq ranglarning uygʻunligiga e’tibor qaratdi. Shundan soʻng u, telnyashkani tvidli kostyum yoki shim bilan kiyishni taklif etdi.

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

XX asrning ikkinchi yarmida Iv Sen-Loran va Jan-Pol Gaultier kiyim-kechaklarning yo‘l-yo‘l elementiga e’tibor qaratdilar. Soʻngra telnyashkalar kino olamiga yoʻliqishgach, ularga bo‘lgan ommaviy muhabbat avj oldi.

Boqiy klassika moda uylarining toʻplamlarida qayta va qayta paydo bo‘lishda davom etmoqda. Telnyashkalar faqatgina qora-oq hamda koʻk-oq rangli tuslardan iborat emas. Qizil-oq turlari ham mavjud, ularni nafaqat shimlar yo boʻlmasa chiziqlar rangida boʻlgan lakonik jinsilar bilan, balki midi uzunlikdagi yubkalar bilan ham kiysa boʻladi. Fransuzcha hashamat ta'minlangan!

Foto: SPOTLIGHT / Coperni

MSGM, oq chiziqli jigarrang poloni, Chanel, esa esa V-simon qirqimli qora chiziqli jemperlarni taklif etadi.
Victoria Beckham dekoltega ega ingichka chiziqli telnyashkalarni taqdim etdilar.

ELLE moda uylarining koʻrgazmalarida paydo boʻlgan telnyashkali koʻrinishlarning namunalarini jamladi.

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Foto: SPOTLIGHT / Coperni

Foto: SPOTLIGHT / MSGM

Maqolani baham ko'ring

Related articles