Schiaparelli 2024-yilgi kuz-qish kutyur kolleksiyasini namoyish etdi

U «Feniks» nomiga ega bo‘ldi.

27 Iyun 2024

«Feniks» deb nomlangan Schiaparelli shousi Parij moda haftaligini ochib berdi. Ijodiy direktor Daniel Roseberry to‘plamni yopiq formatda translyatsiyasiz taqdim etdi.

Roseberry 1931-yilda Parijda Ambassadeurs restoranining ochilish marosimida nutq so‘zlagan. O‘shanda ham Elza Schiaparelli moda, san’at va hayot o‘rtasidagi chegaralarni yo‘qotgan tadbirkor hisoblanardi.

Elza o‘z chiqishi uchun yelkalari patlar bilan o‘ralgan ko‘ylakni tanladi. Shunday qilib, u buyuk balerina Anna Pavlovaga hurmat belgisini ko‘rsatdi. Dizaynerni ko‘pincha mifologik feniks bilan solishtirishadi, u huddi qayta tug‘ilib o‘zini va modani qayta kashf qilayotganday.

2024-yilgi kutyur to‘plamining ko‘rinishida Daniel Roseberry arxivlarga murojaat qilib, teksturalar, ranglar va tafsilotlarni zamonaviy tarzda qayta ochib berdi. Qanotlar ko‘rinishidagi “keyp” Elza nakidkasiga ishora edi. Elza tomonidan Salvador Dali bilan birgalikda yaratilgan poyabzal korsetli libosning muhim qismiga aylandi. 1952-yilgi libosga hurmat ko‘rsatib qora korset va yashil rangdagi yubka tanlangan edi.

Foto: Spotlight

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin