Ta’tilga otlanamiz: 2025 kruiz kolleksiyalari

Chanel, Chloé, Max Mara – eng chiroylilarini siz uchun yig‘dik.

18 Iyun 2024

Yozda quyosh ayamasdan charaqlaydi. Shuning uchun nafaqat plyaj uchun liboslar haqida balki har kunlik obrazlaringiz haqida ham qaygurish lozim.

Chanel kuriz kolleksiyasini Marselda – mashhur Cité Radieuse binosining terrasasida taqdim etdi. Dizayner Virginie Viard Olimpiya o‘yinlar mavzusida va Coco Chanelning shu shaharga bo‘lgan muhabbatini kolleksiya orqali ko‘rsatdi. Dizayner tvid kostyumlari, olimpiykalar, bantli suzish kiyimlarini, mini-yubkali kompletktlar va koftalarni namoyon qildi. Asosan oq va sariq ranglarga urg‘u berildi.

Chloé brendi Chemena Kamali boshchiligidagi jamoa bilan birgalikda Karl Lagerfeld ijodiga yuzlanishdi. 2025 kolleksiyasida Lagerfeldning Sen-Syulpisdagi xonadoni arxiv foto suratlari va 1975 yilning to‘plami esga olindi.

Chemena boho stilini tiniq bluzkalar va keng yelkali ko‘ylaklar bilan birlashtirdi. Bunday obrazni uzunchoq charm shortiklar, keng sumkalar va baland kedalar bilan kiyishni tavsiya qildi. Aksessuarlar esa bir necha qatlamradan iborat edi.

Max Mara kurort kolleksiyasini Venesiyadagi Palazzo Ducale restoranida namoyon qildi. Dizayner Jan Griffiths bu kolleksiya uchun venesiyalik savdogar, sayyoh Marco Polo hikoyalaridan ilhomlandi. Ayniqsa uning G‘arb va Sharqning savdo munosabatlariga bo‘lgan hissasi dizaynerning e’tiborini jalb qildi. Kolleksiyada tyurbanlar, keng yenglar, mushkul naqshlar, qalin matolar va choponlar joy olgan.

Max Mara shousining mehmonlari Kate Hudson, Brie Larson va Yara Shahidi bo‘lishdi. Aynan shu Palazzo Ducale restoranida hozirg paytda Marco Polo tavalludining 700 yilligi nishonlanmoqda va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma 29 sentabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin